Mulohaza uchun mavzu ERKAKNING VAZIFASI NIMA?
- Turmushga chiqqanimdan buyon oilada erkaklar bajaradigan barcha ishlar mening zimmamda, - deya gap boshladi ellik yoshlardan oshgan ayol qadoq qo'llarini ko'rsatarkan. - Erta bahordan yerni ag'darib ekin ekish deysizmi, parvarish qilish, yig'ishtirib olish, ikkinchi ekinni ekish, hammasini o'zim qizlarim bilan bajarib kelayapmiz. Uyimizni ta'mirlagan paytlarimizda ham sement, yog'och, tosh, g'isht olib kelish ishlarini ham o'zim qilganman.
Sizning eringiz ro'zg'or ishlariga aralashmaydimi, deb so'rashingiz mumkin. Ilgari kolxozda ishlagan bo'lsa, hozir fermer xo'jaligida mehnat qilyapti. Maktabda ham durust o'qimagan. Kitob olib kelib o'qisam, o'qib nima qilasan, olim bo'larmiding, deb kinoya qiladi. Bo'sh payti bo'ldi deguncha, ulfatlari bilan ichkilikbozlik qilishadi. Bir nima deb ko'ring-chi, baloga qolasiz. Oilada aytgani aytgan, degani degan. Sal ortiqcha gapirsam, musht yeb qolishim mumkin. Ilgarilari bunday holat ko'p bo'lgan. Uyda mol boqib ro'zg'or tebratamiz. O'zim birorta institutda o'qimaganim uchun bir o'g'il, bir qizimni o'qitdim. Xudoga shukr, yaxshi baholarga bitirishdi. O'g'limni uylantirib, qizimni chiqardim. Nasib etsa yaqinda nevarali bo'laman.
Ro'zg'orning butun tashvishini o'z zimmasiga olgan, aslida ikki kishining yukini tortayotgan, vaqt topib kitob o'qishni kanda qilmayotgan jussasi kichik, g'ayrat-shijoatli bu ayolni xuddi o'zimning singlimdek ko'rib, savol berdim:
- Maktabda yaxshi o'qigan ekansiz, nega birorta institutga hujjat topshirmadingiz?
- Ochig'ini aytsam, SamDUning filologiya fakultetiga o'qishga kirmoqchi edim, - dedi u o'sha davrlarini eslab. - U davrlarda, bundan qirq yilcha oldin qishloqlarimizda qizlarni o'qishga yuborishmasdi. Go'yo o'qigan qizlarga yomon ko'z bilan qarash holatlari bor edi. Shu sabab mening orzularim orzuligicha qolib ketdi. O'ninchi sinfni bitirgan paytim otam mendan so'rab ham o'tirmasdan o'zim ko'rmagan, bilmagan odamga turmushga uzatdi. Ilojim qancha. Ota-onaga qarshi borib bo'lmasa. Ko'nikdim. Boshga tushganni ko'z ko'radi, deyishadi-ku.
O'zini Sabohat deya tanishtirgan bu ayolning hayotga teran boqishi, ro'y berayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirishi va eng muhimi o'zimizning yozuvchilardan tortib, xorij yozuvchilarining asarlarini ham o'qishligi meni hayratga soldi.
- Eng yaxshi ko'rgan yozuvchilarim O'tkir Hoshimov, Chingiz Aytmatovlarning barcha asarlarini ishonmasligingiz mumkin, uch-to'rt martalab o'qib chiqqanman. "Tashna", "Birinchi o'qituvchi" qissalari yod bo'lib ketgan. Qaniydi, erkaklarimiz ham aroq ichishni o'rniga qo'liga kitob olib o'qishsa, biz ayollarning ko'nglimizdagi ish bo'lgan bo'lardi, - dedi ayol xo'rsinib.
Ayol ketgach, o'ylanib qoldim. Biz otalar ko'pincha oilada o'g'il va qiz farzand bo'lsa, qiz birovning xasmi, deya o'g'limizni o'qitishga harakat qilamiz. Bu azal-azaldan davom etib kelayotgan "an'ana". Oqibatda maktabni a'lo baholarga bitirgan qizlar o'qishga yuborilmay qolib ketishmoqda. Aslida-chi, biz qizlari-mizni ko'proq oliy ma'lumotli qilishga harakat qilishimiz lozim. Chunki qiz bu kelgusi ona demakdir. Oilada ona o'qimishli, ma'naviyatli, zukko bo'lsa, uning farzandlari ham xudi onasidek bilimli va ilmli bo'lishi hayotda isbotlangan. Bu xususda har birimiz jiddiy o'ylab ko'rishimiz kerakka o'xshaydi.
Oilada erkak nima ish bilan shug'ullanadi? Uning vazifasi nimalardan iborat?
Azal-azaldan erkak oilaning boshlig'i, ustuni bo'lib kelgan. U oilani boqishi, farzandlariga yaxshi tarbiya berishi, hunar o'rganishi va shunga o'xshash vazifalarni bajarmog'i lozim. Aslida-chi? Haqiqatda erkaklarimiz o'z burchlarini bajari-shayaptimi? Afsuski, ayrim erkaklarimiz ro'zg'orning butun og'irligini, yukini ayollariga tashlab qo'yishmoqda. Bunga yakshanba kuni Loyish bozoriga chiqsangiz, og'ir yukli qop orqalagan, setka ko'targan, yuzlari oftobda qorayib ketgan ayollarni ko'rsangiz, ishonch hosil qilasiz. Ayolini tomorqasida ishlatib, o'zi choy ichib tomoshabin bo'lib turgan nomard erkaklarning borligiga nima deysiz? Bir umr bolam, deya yelib-yugurib yurgan, yelkasida ro'zg'or yukini orqalayotgan, oilasining xotirjamligini har qanday boylikdan ustun qo'yadigan ayollarni qadriga yetishimiz, avaylab-asrashimiz, farzandlarimiz baxtiga sog'-salomat bo'lib yurishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bu ham bizning vazifamizga kiradi, aziz erkaklar. Buni aslo unutmaylik.

Y.MUHAMMADIYEV.
Мавзуга оид:
Turmush chorrahalarida QIZALOG'IM DILBARGINAM
- 10 авг, 11:46
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30