Turmush chorrahalarida QIZALOG'IM DILBARGINAM

Ayolni dardi keldi. Eri esa tillo sirg'asini sotmagani uchun uni so'kib har xil so'zlar bilan haqoratladi. Qo'shnini chaqirib duxtirga ketishdi. Ayol qiz farzand ko'rdi. Ayolni farzandini negadur duxtirlar qo'liga berishmadi, ustiga ustak ayol yotgan xonani katta-katta professor duxtirlar bosib ketdi. Yangi tug'ilgan chaqaloqni hali u yog'ini, hali buyog'ini ko'rishar edi.

Ayol hayron, nima bo'layotganini tushunmas, qon bosimi tushmayotgan edi. Keyin hamma chiqib ketdi. Chaqaloqni yig'lagan ovozi keldi. Ayol bolasiga qaradi, chaqaloqning qip-qizil labchasini chizig'i qiyshikmikan,   deb qo'ydi o'zicha.

Bir hamshira kelib ayolni chaqaloqchasini qo'yniga berdi va emizishini aytdi, o'zi esa chiqib ketdi. Ayol qancha urinmasin chaqaloqni emiza olmadi. Chunki ko'krakni uchini bola og'ziga ololmadi. Hamshirani chaqirdi ayol, meni bolam nega emolmayapti dedi. Hamshira darrov katta shifokorni chaqirdi. Keyin esa o'sha kasalxonani katta bolalar shifokori kelib vaziyatni tushuntirdi.

- Tug'ma nuqsonli bola tug'dingiz. Bolangiz quyonlab, bo'ri tamoq  tug'ildi,   dedi.  Bunday so'zni birinchi martda eshitayotgan ayol tassavvur ham qila olmas edi.

- Ana shuning uchun emizolmaysiz,- dedi, bolalar vrachi. - Qancha yashashini bilmayman, kamdan kam holatda yashashadi. Siz sutingizni sog'ib, shprisda bolangizga berasiz, buni ham o'rgatamiz. Ayolni qo'lidan ushlab, ko'zlariga qarab hamma narsaga tayyor turing, - deb chiqib ketdi.

Ayol ko'p yig'ladi. Shu kuni kechasi eri mast bo'lib ichib kelib, kasalxona hovlisida tomosha ko'rsatdi. Uni zo'rlik bilan haydab yuborishdi. Chaqaloqqa shpiris bilan sut berib qornini to'yg'azishdi. Ertalabga yaqin bolani suti og'zidan kelib, ko'karib nafas ololmay qoldi. Xuddi shu ahvolda ayol 14 kun kasalxonada qoldi.

Ota-onasi, qarindosh-urug'i, hamma ko'rgani kelardi, derazadan yig'lab-yig'lab kuzatar edi. Men bu bolani qanday katta qilaman, yeyishga non ham yo'g'u, deb dod-faryod qilar edi.

Qarindoshlar kelishib, bolaga dori berishsinmi, deb ayoldan so'rashdi. Ayol rozi bo'ldi. Ayolga sutni shpirisda tomizib berishni o'rgatayotgan duxtirlar dab-durustdan yana bir to'da bo'lib kelishdi-da: siz sut bermang, biz beramiz, deb chiqib ketishdi. 

Ayol nima gapligini anglab, qilgan ishidan pushaymon bo'lib, bolani o'sha kuni duxtirlarga bermay qo'ydi.

Meni kechir bolam, deb kechasi ham quchog'ida olib yotdi.

Duxtirlarga ham yolvordi: bolamga dori bermang. U nimani biladi axir, farishtadek yotgan bo'lsa,- dedi-da, chaqaloqni yuziga qarab ho'ng- ho'ng yig'ladi.

Duxtirlar o'zingizga kelganingizdan xursandmiz, - deyishdi.

Nikohdan ham o'tishmagan ekan, ikkinchi farzandini nikohdan o'tib kelmaguncha chiqarishmadi kasalxonadan.

Ayolni onasi u yog'dan bu yoqqa yugurib ikkalasini nikohdan o'tkazib qo'ydi. Nikohdan o'tkazadigan ayolga vaziyatni tushintirgan ekan, keling, shu chaqaloqni ismini men qo'yay, debdi: Dilbarxon bo'lsin, dilbar bo'lib, elga aziz bo'lib yursin, onasini doim quvontirib yursin, deb ismini o'sha kishi qo'yibdi.

Ayol chaqaloqni qarashga juda ko'p qiynaldi, unga mol sutiga suv qo'shib bera boshladi. Chaqaloqlarni ovqati qimmatligi uchun kuchi yetmadi olishga. Aslida eri ko'p pul topar va hammasini ichib quritar edi.

Shu zaylda oylar, yillar o'tdi. Kechalari sut isitib berishga sharoit yo'q edi. Ba'zan sovuqlay berdi. Bolachani bir yoshida, endi u yoqdan bu yoqqa dumalab yotadigan bo'lganida shahardagi shu tug'ma nuqson bo'yicha mutaxassislariga olib borishdi. Buni ham ayolni otasi amalga oshirdi. Navbati kelishi bilan vrach ko'rigiga kirdi. Vrach birdan baqirib ketdi: bu yosh bolani ahvoli nega bunaqa, nima berib boqayapsiz, dedi. Ayol mol suti, dedi. Doktor tutaqib ketdi, battar baqirdi: kimdan so'rab mol suti berayapsiz, axir chaqaloqni mol suti bilan boqish mumkinmas, dedi.

Ayol yig'lab yubordi, men nima qilay, dedi. Doktor uch yoshida "vesini" to'ldirsangiz, operasiya qilamiz, bu holida operasiyani ko'tara olmaydi, dedi. Chaqaloq ikki yoshga kirganida yurishni boshladi.

Ayol u yoqdan bu yoqqa yugurib, bolasini nafaqa pulini chiqartirib oldi va o'sha pullarga ham erini oilasini, ham bolasini boqdi. Bola mol suti, "yubileynaya" pechenyesi bilan katta bo'ldi. Keyin ularni ham yemay qo'ydi. Shunda ayolni onasi unga tovuq go'shti, mol go'shtlarini qaynatib suvini ichkizib katta qildi. Dilbarxonni olti yoshida labini operasiya qilishdi. Yetti yoshida esa tanglayini operasiya qilishdi. Hozir yaxshi gapirayapti. Buvisini qaramog'ida yashaydi. Onasi esa Dilbarxonni otasidan ajrashib, chet elga ishlashga ketgan. Har olti oyda plastik tanglayini almashtirib turishadi. Tishlarini ham to'g'rilatishdi. Juda qiyinchiliklar bilan katta bo'lgan Dilbarxon hozirda 4-sinfni bitirdi.

Hayotda bejizga aytishmas ekan: "Boshga tushganini ko'z ko'radi", deb. Ona ba'zida o'zining qilgan xatolari uchun qizidan uzr so'ragisi, o'zining dil so'zlarini unga izhor etgisi keladi:

"Dilbarim mening, ilohim, umring uzoq bo'lsin, bolam. Xatolarim uchun meni kechirib yuborgansan, bilaman. Birinchi kitobini ham onang sening noming bilan atadi.Toleying baland bo'lsin, ko'zmunchog'im. Qiyinchiliklar ortda qoldi, faqat sog'inch bor oramizda xolos.

 Seni yaxshi ko'raman...".

Gulxumor.