Inson va qonun Firibgarlikning umri qisqa bo'ladi

Sudlanuvchi Usmonjon Murodov (ismi-sharifi o'zgartirilgan), muqaddam sudlangan bo'lsada, bundan o'ziga tegishli xulosa chiqarish o'rniga takroran aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini qo'lga kiritishni o'z oldiga maqsad qilib oladi. Shu maqsadda u 2024- yil iyun oyining oxirlarida fuqaro Jo'rayev Salim bilan Oqdaryo tumani hududida uchrashadi va uning tadbirkorlik bilan shug'ullanishini bilib oladi. Shundan so'ng unga Farg'ona viloyatidan "UGAR-711" nomli xomashyo mahsulotini arzon narxda yuborishini aytib, aldab, uning ishon-ganligidan foydalanib, 20.000.000 so'm pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritadi. Lekin unga hech qanday xomashyo yetkazib bermasdan, pullarni o'zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Sud majlisida so'roq qilingan sudlanuvchi Murodov Usmonjon o'zining ko'rsatmasida aybiga iqrorlik bildirib, quyidagicha ko'rsatma berdi.
U 2 yildan buyon Yozyovon tumanida joylashgan paxtani qayta ishlash zavodida qayta ishlangan paxta xom ashyosidan qolgan paxta qoldiqlarni sotib olib, ushbu paxta qoldig'ini qayta ishlab, "toypaxta" ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va fuqarolarga sotish faoliyati bilan shug'ullanib kelardi. Paxta qoldig'ining turiga qarab ("UGAR-7.11", "UGAR-ST.33", "UGAR-3.7.11") respublikaning turli viloyatlariga sotar edi. Ko'p yillardan buyon oshqozoni og'riganligi sababli, 2024-yil iyun oyining oxirlarida Buxoro viloyatiga davolanish maqsadida tanishi J.F.ga tegishli bo'lgan "Kobalt" rusumli avtomashinasida boradi. Shundan so'ng davolanib, yashash uyi tomon yo'lga chiqib, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani hududidan o'tgan avtomobil yo'lida kelayotganda, S.Jo'rayev "Labo" rusumli avtomashinada paxta qoldig'iga o'xshash mahsulot olib ketayotganligini ko'rib qoladi. S.Jo'rayevni to'xtatib, undan ushbu mahsulotini sotiladimi deb so'raganida, ushbu xom ashyoni sotib olganligini aytadi. Shundan so'ng S.Jo'rayevga ushbu mahsulotni sotish faoliyati bilan shug'ullanib kelishligini, agar sotib olmoqchi bo'lsa, arzon narxlarda yetkazib berishligini aytadi. S.Jo'rayev undan necha pulga sotishligini so'rganida, unga "UGAR-7.11" mahsulotini 8.000 so'mdan sotishligini aytadi. Shundan so'ng S.Jo'rayev uning telefon raqamini olib, qo'ng'iroq qilishini aytadi. Oradan bir hafta o'tganidan so'ng S.Jo'rayev telefon qilib, "UGAR-7.11" mahsulotini sotib olishligini aytganda u "Isuzi" rusumli avtomashinaga "UGAR-7.11" mahsulotini yuklab yuborishligini, ushbu yuk avtomashinaga 5 tonna "UGAR-7.11" mahsuloti ketishligini, ushbu mahsulotning narxi 40.000.000 so'm bo'lishligini aytadi. S.Jo'rayev rozi bo'lib, pullarni qanday tartibda yuborishligini so'raydi. Shunda S.Jo'rayevga tanishi E.M.ni nomida bo'lgan plastik karta raqamini rasmga olib tashlaganligi, S.Jo'rayev oldindan 20.000.000 so'm berishini, qolgan pullarni yuk yetib kelgandan so'ng berishligini aytadi. S.Jo'rayev tezda pullarni tashlab beradi, biroq kelishilgan "UGAR-7.11" mahsuloti yetib kelmaydi. S.Jo'rayev undan pullarini qaytarib berishligini so'raganda, bugun beraman, ertaga beraman deb aldaydi. Chunki, u pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritib, evaziga hech qanday xomashyo yetkazib bermasdan, pullarni o'zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan edi.
Sudlanuvchi Usmonjon Murodov O'zbekiston Respublikasi JK 168-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan tegishli jazo chorasi tayinlandi.
Sherzod HAYDAROV,
tuman prokurori yordamchisi.

Jinoyat va jazo LOVIYA O'G'RILARI QO'LGA TUSHDI
- 25 авг, 11:56

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54