"Yangi O'zbekiston - yoshlar mamlakati" YOSHLAR FESTIVALI BARCHAGA MANZUR BO'LDI

15 iyun kuni erta tongdan "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida ommaviy yurish marafoni va ertalabki badantarbiya tashkil etildi. San'atning "Karaoke, raqs, tasviriy san'at, estrada xonandaligi" yo'nalishida ko'rik tanlovlar o'tkazildi. Qo'l jangi, harbiy orkestr, faxriy qorovullarning ko'rgazmali chiqishlari hamda harbiy texnikalar ko'rgazmalari namoyish etildi. Milliy kurash, tosh ko'tarish sport turlari o'tkazildi. Kamondan otish, o'q otish va zamonaviy ko'chma tir aviamodellari ko'rgazmalari namoyish etildi. Sportning mini-futbol, badminton, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, stritbol, workout turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Qo'g'irchoq teatri namoyish etildi. "Bir nuroniyga o'n nafar yosh" tamoyili asosida uch avlod uchrashuvi o'tkazildi. Ushbu uchrashuvda 2 yashar qizcha o'z ota-onasini ajrimdan saqlab qolgani bu juda katta natija bo'ldi. "Mening qonunim - mening taqdirim" ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Yoshlar o'rtasida "Ibrat farzandlari", "Mutolaa", "Ustoz AI" loyihalarining targ'iboti o'tkazildi.
Kasblar tanlovi doirasida sartaroshlik, tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, hunarmandchilik va boshqa yo'nalishlarda tanlovlar tashkil etildi. IT sohasiga qiziquvchan yoshlar orasida School 21-maktabida IT bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirildi. 10-30 yosh toifasida Kibersport musobaqasi bo'lib o'tdi. Yosh kitobxon, mushoira tanlovlari o'tkazildi. Ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash borasida mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Alohida ko'makka muhtoj otaliqqa olingan yoshlar bilan sektor rahbarlari boshchiligida rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etildi. Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Yangi O'zbekiston - Yoshlar mamlakati shiori ostida o'tadigan galakonsert dasturi bo'lib o'tdi. Dasturda respublikamizning taniqli estrada xonandasi Osman Navro'zov ishtirok etib, tuman yoshlariga bayramona kayfiyat ulashdi. Tumanimiz yoshlari ushbu festivaldan juda mamnun bo'lishdi.
Мa'rufxon MUSAYEV,
Yoshlar ishlari agentligi tuman
bo'limi rahbari.
Мавзуга оид:

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

Referendumga tayyorgarlik qizg'in
- 04 апр, 12:08

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI" BIRLASHDIK
- 01 июл, 13:18