KASB BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Darhaqiqat, bugungi hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta'minlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o'rni beqiyosdir.
"Oqdaryo ovozi" gazetasining har bir sonini biz shifokorlar ham orziqib kutamiz  va gazeta sahifalarida muntazam ravishda berib borilayotgan tanqidiy va turli xil mavzulardagi maqolalarni, she'r va hikoyalarni  zo'r qiziqish bilan o'qib bormoqdamiz.
Shu boisdan ham tibbiyot birlashmasida faoliyat ko'rsatayotgan har bir xodimlarimiz tumanimiz ko'zgusi hisoblangan sevimli gazetamiz "Oqdaryo ovozi"ga har yili ixtiyoriy ravishda obuna bo'lishayapti. Tahririyat faoliyatidan shifokorlar mamnun ekanligini alohida ta'kidlashni istardim.
Yana sanoqli kunlardan so'ng mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanadi. Fursatdan foydalanib, tumanimiz ko'zgusi hisoblangan "Oqdaryo ovozi" gazetasi jamoasini kasb bayrami bilan shifokorlar nomidan muborakbod etamiz.
Hurmatli "Oqdaryo ovozi" gazetasining ijodiy jamoasi! Sizlarni sharafli kasb bayramingiz - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Sizga mustahkam sog'lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz!
Hamisha omon bo'ling, qalamingiz o'tkir bo'lsin, aziz jurnalistlar!
  Tozagul XOLIQOVA,
             tuman Sog'liqni saqlash bo'limining boshlig'i.