Yashirin iqtisodiyot nima va uning qanday shakllari mavjud?

Yashirin iqtisodiyot (yoki soya iqtisodiyoti, norasmiy iqtisodiyot) - bu davlat tomonidan ruxsat etilmagan, hisobga olinmaydigan yoki soliqqa tortilmaydigan iqtisodiy faoliyatlar majmuasidir.
Boshqacha qilib aytganda, yashirin iqtisodiyot - bu rasmiy statistikada aks etmaydigan, lekin real iqtisodiy hayotda mavjud bo'lgan ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish jarayonlaridir.
Yashirin iqtisodiyotning asosiy shakllari quyidagilar:
1. Norasmiy bandlik ya'ni ishchilar mehnat shartnomasiz ishlaydi, Ish beruvchi soliqlar va ijtimoiy badallarni to'lamaydi.
2. Soliqlarni yashirish yoki soliqdan qochish - korxonalar daromadni kam ko'rsatadi yoki xarajatlarni ko'paytirib yozishi, savdoda chek bermaslik yoki "naqd hisob" orqali aylanmani yashirish.
3. Qora (noqonuniy) iqtisodiyot - butunlay noqonuniy faoliyat: giyohvandlik, kontrabanda, soxta mahsulotlar, qurol savdosi va boshqalar.
4. "Soyali" rasmiy sektor faoliyati - rasmiy korxonalarda qonuniy faoliyat bilan bir qatorda yashirin daromad keltiruvchi noqonuniy amaliyotlar (poraxo'rlik, "orqa eshikdan" savdo) amalga oshiriladi.
5. Uy xo'jaliklari va kichik norasmiy tadbirkorlik ya'ni uyda tikuvchilik, oshpazlik, ta'mirlash kabi xizmatlar, lekin rasmiy ro'yxatdan o'tmagan faoliyat.
Yashirin iqtisodiyot quyidagi oqibatlarga olib keladi:
Davlat byudjetiga soliqlar tushmasligi.
Raqobatning buzilishi.
Ishchilarning ijtimoiy himoyasizligi.
Rasmiy statistika noto'g'ri bo'lishi.
Korrupsiya va ishonchsizlikning kuchayishi.
Yashirin iqtisodiyotning vujudga kelishiga quyidagi omillar sabab bo'ladi:
1. Yuqori soliqlar va soliqqa tortish tizimidagi murakkabliklar.
2. Davlat nazoratining zaifligi yoki haddan tashqari byurokratiya.
3. Ruxsatnomalar va litsenziyalarning qimmatligi yoki olish qiyinligi.
4. Korrupsiya va poraxo'rlik.
5. Ishsizlik va aholi daromadining yetishmasligi.
6. Naqd pul muomalasining yuqoriligi.
A.Otamuradov,
tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi.
Shaxsiy fikr DARAXTLAR SOYA EMAS, KO'LANKA TASHLAMOQDA
- 01 авг, 10:00
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21





