FIDOYI USTOZ

1991-yil 2-sentyabrdan shu maktabda ona tili va adabiyot, odobnoma fanlaridan dars berib keldi. 2003-yil sentyabridan 20-umumta'lim maktabida direktor lavozimiga tayinlandi. Shu yildan boshlab birinchi navbatda e`tiborini jamoada sog'lom muhitni yaratib, iqtidorli, talabchan, bilimdon kadrlarni joy-joyiga qo'ydi, ta`lim sifatiga alohida e`tiborini qaratdi. Maktab reytingini tumanda 3-o`ringa ko`tarilishiga jamoa bilan birgalikda harakat qildi. Fan olimpiadalarida viloyat bosqichida fanlar yo`nalishlarida faxrli o`rin va sovrinlarni qo`lga kiritib keldi. 2004-2005 o`quv yilidan eng namunali maktablar qatorida faoliyat olib bordi. Tuman, viloyat, respublika miqyosida bo`lib o`tgan tadbirlarda o`z o`rni va mavqeiga ega bo'ldi. Bu borada rahbardan talabchanlik va o`ziga yarasha mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Qahramonimiz ana shunday talabchan rahbar edi.
Tumanda o'z o'rni, e`tiboriga ega qahramo-nimizni mehnatlari inobatga olinib, 2010-yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni bilan mukofatlandi. Loish MFYdan ikki marotaba Adolat partiyasidan tuman deputatligiga saylanib, anchagina ibratli ishlarni amalga oshirdi va «Mustaqilligimizning 25 yilligi» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 7-iyundagi "Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qaroriga asosan tumanda tashkil etilgan Axborot-kutubxona markaziga direktor lavozimiga ishga tayinlandi. Jamoada sog`lom muhitni yaratib, kutubxonani rivojlantirishga o`z hissasini qo`shdi. 2022-yil mart oyigacha shu lavozimda faoliyat ko'rsatdi. Dastlab kutubxona 980 dona kitob fondi bilan ish boshladi. Rahbarning sa'y-harakatlari bilan kutubxona fondi turli xil badiiy adabiyotlar bilan boyitilib, fonddagi kitoblar soni 31 mingtani tashkil etdi. Talabchan rahbar boshchiligida tumandagi bir qancha tashkilotlar, maktablar va maktabgacha ta`lim tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilib, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilishda ustozning o`rni bor. Tinib-tinchimagan fidoyi ustoz Erkintosh Abduhakimova hozirgi kunda o'z uyida "Kuzmunchoq" bolalar bog'chasini tashkil qilib, jajji bolajonlarini tarbiyalab kelayotgan bo'lsada, o'z maslahatlari bilan bizlarga amaliy yordam berib kelmoqda.
G.DAVUROVA,
tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya
xizmati xodimi.
Мавзуга оид:

Xalq ta'limi fidoyilari IBRATLI UMR SOHIBI
- 29 май, 14:24

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30