Adliya xabarlari NIKOHGA ARIZA BERISHDAGI QULAYLIKLAR

O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14- va 15-moddalariga asosan  nikohlanuvchilarning o`zaro roziliklari hamda nikoh yoshiga yetganligi nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh yoshi Oila kodeksiga asosan kuyov va kelin uchun teng 18 yosh deb belgilangan. Ma`lumki, nikohlanuvchilarimiz nikohga ariza berish uchun oldingi qonun-chiligimizga ko`ra, o`zlari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan kelin yoki kuyovning yashash joyidagi FHDYo bo`limiga kelib ariza berishlari belgilangan edi. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20.10.2023-yildagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish qoidalari"ning 70-bandiga va eksterritorial tamoyili qoidalariga ko`ra fuqarolarimiz doimiy yoki vaqtincha turgan joylaridan turib yoki umuman FHDYo organiga kelmasdan onlayn tarzda "may.gov.uz" portali orqali elektron ariza berishlari mumkin. Onlayn ariza bilan murojaat qilinganda nikohlanuv-chilarimizga xuddi shunday tartibda onlayn tibbiy ko`rikka yo`llanma beriladi va ular shu yo`llanma bilan doimiy yoki vaqtincha yashab turgan joyidagi shifoxonalardan tibbiy ko`rikdan o`tishadi. Nikohlanuvchilarimiz ariza bergan kundan boshlab bir oydan keyin xohlagan ya`ni doimiy yoki vaqtincha yashab turgan joyidagi FHDYO organlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, tibbiy ko`rik natijalari bilan shaxsan o`zlari borib nikohlarini qonuniy qayd ettirishlari mumkin. Qonunchiligimizdagi bunday islohotlar fuqarolarimizga vaqtini tejash, ortiqcha mablag` sarflashni oldini olish kabi qulayliklari bilan   muhim ahamiyat kasb etadi.


Rayhona Usmonova,

tuman FHDYO bo`limi inspektori.