Inson va qonun NOQONUNIY UY QURILISHIGA CHЕK QO'YILDI

Sudlanuvchi S.A. sug'oriladigan yer  uchastkalarini qurilish ishlarini amalga  oshirish maqsadida o'zboshimchalik bilan  egallab oladi. U 2023-yil fevral oyida  Oqdaryo   tumani "Agropilla" mas'uliyati cheklangan  jamiyati hisobida bo'lgan  yerning   foydalanish xaritasida ko'rsatilgan 107-raqamli dala  konturidagi sug'orib haydaladigan yer  maydoniga qonuniy huquqi bo'lmagan  holda   103,35 metr kvadrat hajmdagi qurilishi bitmagan  uy-joyni   beton  poydevorini  qurib,   ushbu yer maydoniga 8.971.394 so'm moddiy zarar yetkazgan.
Oqdaryo tuman qishloq xo'jaligi bo'li-mining 2023-yil 11-apreldagi mutaxassis  xulosasida, A.S. tomonidan "Kumushkent"  massivi hududidagi "Agropilla" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 107-konturdagi  bonnitet  balli   55,6  bo'lgan  tutzor   yer maydonidan o'zboshimchalik bilan 0,2   gektar yer maydonini egallab olib, 103,35 metr kvadrat hajmdagi noqonuniy uy-joy qurish  uchun  beton   (fundament)  poydevorini  qurib   olganligi natijasida  yerning  unumdor   qatlami  yo'q qilinib, sug'orib haydaladigan yerga  8.971.394 so'm zarar yetkazganligi ko'rsatilgan.
Sudlanuvchi A.S. sudda aybiga iqrorlik bildirib,  oilada   katta  o'g'il  farzand   bo'lganligi  sababli alohida uy-joy qurib ko'chib chiqishi  uchun otasi qishlog'ida joylashgan Aslan   boboga tegishli bo'lgan fermer xo'jaligiga qarashli yer maydonidan  uy-joy   qurish  uchun  yer maydoni olib berganligi, 2023-yil fevral  oyida ushbu yer maydonida qurilishni boshlab, uyni poydevorini ko'targanligini aytdi. 2023-yil 15-mart kuni tuman prokuraturasi, tuman kadastr xodimlari kelib, ushbu yer  maydonidagi u tomonidan qurilgan uyni poydevorini ko'rishganligi va undan ushbu   yer  maydoniga egalik qilish va  qurilishni  boshlashi   uchun  biror  hujjati borligi  haqida   so'rashadi. U  ushbu  yer   maydoniga  egalik qilish  uchun   hech bir hujjati yo'qligini, ushbu yer   maydonini unga otasi hozirda olamdan o'tgan Aslan  bobodan olib berganligini aytadi. Shundan  so'ng ular bu yer maydoni hozirda fermer  xo'jaligiga   emas,  balki  "Agropilla" mas'uliyati  cheklangan jamiyatiga tegishli ekanligini aytishib, uning ushbu yer maydonida   noqonuniy bino qurganligi sababli tegishli  hujjatlarni rasmiylashtirishadi. 
Sudlanuvchi S.A.ga O'zbekiston Respub-likasi JKning 229-1-moddasi 2-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
R.VAHOBOV,
tuman prokurori yordamchisi,
2-darajali yurist.