RASMIY HUJJATLARGA APOSTIL QO‘YISH TARTIBI QANDAY?

Jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga “Apostille” maxsus shtampini qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydigan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.12.2021 kunidagi 732-sonli qarori qabul qilingan. Apostil bilan Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiyasiga muvofiq, rasmiy hujjatlarni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligi, imzolash vakolati mavjudligi hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydi. Apostil rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun rasmiy hujjatlarga qo‘yiladi. Apostilga qo‘yiladigan imzo qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi. Apostil qo‘yish uchun taqdim etiladigan rasmiy hujjatlardagi mansabdor shaxslarning imzolari va muhrlar bosma izi aniq bo‘lishi kerak. Apostil qo‘yish uchun taqdim etiladigan rasmiy hujjatlarda tegishli rekvizitlar (tartib raqami, sana, imzo, muhr) va mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiyligi, shu jumladan “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda, tekshirib olinadi. Apostil qo‘yish uchun taqdim etiladigan rasmiy hujjatlar, shuningdek ulardagi mansabdor shaxslarning imzolari va muhrlar bosma izi aniq bo‘lishi kerak. Agar rasmiy hujjatda tuzatishlar va (yoki) qo‘shimcha yozuvlar bo‘lsa, ular rasmiy hujjatga imzo chekkan shaxs tomonidan qayd etilishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan tuzatishlar va (yoki) qo‘shimcha yozuvlar barcha xato yozilgan, keyinchalik esa tuzatilgan va ustidan chizilganlarni dastlabki shaklda o‘qish mumkin bo‘lgan tarzda bajarilishi kerak bo’ladi.
B.AXMEDOV,
Oqdaryo tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34