"BESH TASHABBUS" DOIRASIDA

qanot bo'lsin beshta tashabbus.
Boshimizda hilpirar mudom,
bayroq bo'lsin beshta tashabbus.
Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan "Besh tashabbus" loyihasi iqtidorli, har sohaga qiziquvchi yoshlarga o'z iqtidorini namoyish etish uchun muhim omil bo'ldi. Bizning 37-maktabda ham besh tashabbusning barcha yo'nalishlari bo'yicha to'garaklar tashkil etilgan. Shulardan biri "Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qizi-qishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilish" yo'nalishi bo'yi-cha "Yosh musavvir" to'garagi tashkil etildi. Bu to'garakka ko'p yillik pedagogik ish tajriba-siga ega bo'lgan ustoz Dilfuza Eshonqulova rahbarlik qilib kelmoqda.
Yaqinda to'garak a'zolari ishtirokida yosh rassomlar bellashuvi tashkil etildi. Ushbu bellashuvda maktabning 11-sinf o'quvchisi Abduvahobova Farog'at o'zi chizgan rasmlari bilan faxrli 1-o'rinni egalladi. Bellashuv yakunida F.Abduvahobova maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.
Maktablarda tashkil etilgan bu kabi to'garaklar iqtidorli yoshlar iste'dodini yuzaga chiqarishda muhim rol o'ynaydi hamda vatanimiz ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shishiga ishonchimiz komil.
Shohista Bahramova,
37-maktab boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi.
Мавзуга оид:

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30