Maktabgacha ta’lim tashkilotlari doim e'tiborda


Bugun "Nuroniylar" Kengashi va "Oqdaryo ovozi" gazetasi  hamkorligida “Z.M.Bobur” mahallasida joylashgan 10-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi kundagi faoliyati yaqindan o‘rganildi. "Nuroniylar" Kengashi raisi Hamidullo Qarshiyev hamda Bobur mahallasining “Maslahat guruhi" rahbari Sherali Musoboyev tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazoratida mazkur bog’chadagi holat belgilangan tartib va ko’ngildagidek tarzda tashkil etilganligi ma’lum bo’ldi.  Shundan so’ng, jamoatchilik kengashi a’zolarining navbatdagi o’rganish ishlari Oqdaryo mahallasining Tortuvli qishlog’ida joylashgan 24- son DMTTda mahallaning “Maslaxat guruhi” rahbari Shodiqul Soatov bilan birgalikda davom ettirildi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan birga ish faoliyatiga oid  ayrim uchragan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha soha mutasaddilariga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.