TUMANDA OʻZBEK TILI BAYRAMI KENG NISHONLANDI

    Bugun “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinganiga 35 yil toʻldi. Har yili 21-oktyabr yurtimizda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, tadbirlar oʻtkazilmoqda.

   21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tuman Madaniyat markazida ham keng koʻlamdagi tadbir koʻtarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari Charos Ortiqova soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira  Oygul Mamatova ham soʻzga chiqib, ona tilimiz va unga boʻlgan munosabat haqida fikr yuritdi.

  Tadbirda tumandagi 7-son Bolalar musiqa va sanʼati maktabi dutorchi qizlar guruhi tomonidan dilrabo kuy va qoʻshiqlar, ohangrabo raqslar namoyish etildi. Shuningdek, “Oqdaryo navolari” ansamblining kuy va qoʻshiqlari ham bayramga oʻzgacha shukuh baxsh etdi. 

  Tadbirda yakunida 21- oktyabr - “Davlar tili haqida” haqidagi qonunning 35 yilligi munosabati bilan hamda bu borada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishda qoʻshayotgan munosib hissasi uchun bir guruh faollar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.