Inson aziz - xotira muqaddas QALBIMIZDA MANGU YASHAYDI

Oromov Qahramon Far-monovich 1970-yil 7-iyunda Yangiqo'rg'on qishlog'ida tug'ilgan.
1987-yil 2-maktabni bitirib, 1990-yil A.Navoiy nomi-dagi Samarqand Davlat Universitetining kimyo yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilinib, 1996-yili oliygohni a`lo baholar bilan tugatdi.
1995-1996-yillar Samarqand Davlat Univer-sitetining kimyo fakultetida lobarant vazifasida faoliyat yuritdi. 1996-yildan 2009-yilgacha Oqdaryo tumani 2-umumiy o`rta ta'lim maktabida kimyo fani o`qituvchisi, 2009-yildan 2017-yilga qadar shu maktabda o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari vazifasida ishladi. 2017-yildan 2024-yilga qadar 2-umumiy o`rta ta'lim maktabi direktori lavozimida o`z faoliyatini olib bordi.
Qahramon Oromov maktab direktori lavozimida o`z faoliyatini ustozi Jamol Isroilovning an`analarini davom ettirgan holda maktabni zamonaviy rivojlanish yo`liga olib chiqdi. Bugungi kunda ustoz Q.Oromovning shogirdlari nafaqat tumanda, balki viloyat, respublikada ham o`z o`rniga ega. Shogirdlarining bu darajaga yetishishida ustoz Qahramon Oromovning xizmatlari beqiyosdir.
Q.Oromovning 29 yillik uzluksiz ishlagan davri hech mubolag`asiz 2-maktabning rivojlanish va yuksalish davri bo`ldi. Ming afsuski, shunday jonkuyar insonni beshafqat o`lim oramizdan bevaqt olib ketdi. 2025-yil 11-aprel kuni jonkuyar ustozimiz Qahramon Oromov 55 yoshida vafot etdi.
O`quvchilar qalbidan chuqur joy egallagan, o`zidan so`nmas iz qoldirgan, butun umr shogirdlar ardog`ida bo`lgan mehridaryo ustoz Qahramon Oromov bugun oramizda yo`q. Bu noxush xabar nafaqat maktab ahlini, balki butun Yangiqo`rg`on qishlog`i, ustozni taniydigan barcha ilm ahlini bir lahzada chuqur qayg`uga soldi. Shuningdek, abadiyat uyqusiga bosh qo`ygan mehridaryo ustozim haqidagi xotiralar meni ham tinch qo`ymadi, qo`limga qalam olishga da'vat etdi.
Chunki, uztoz Qahramon Oromov o`zining mehribonligi, o'z kasbining bilimdonligi, samimiyligi va o`ta madaniyatliligi bilan barcha insonlar ko`nglida o`chmas xotiralar qoldirdi.
Ustozning so'nmas xotirasi biz shogirdlar qalbida mangu va barnayot yashaydi!
Fayoziddin Rahmatov,
2-umumiy o`rta ta'lim maktabi psixologi.