TUG'ILGANLIK HAQIDA GUVOHNOMA OLISHDAGI HOLATLAR

O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga asosan bolaning tug'ilishini qayd etish uchun, uning tug'ilganligi haqida tibbiy elektron ma'lumotnoma, ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ya'ni pasportlari, nikoh tuzilganlik haqidagi guvohnoma yoki otalikni belgilash haqida yoki nikohda bo'lmagan ona arizasi taqdim qilinadi.

Ko'pincha fuqarolarimiz o'rtasida nikohda bo'lmagan ota-onalarlardan tug'ilgan farzandiga tug'ilganlik haqida guvohnoma olishda nikohlarini o'z vaqtida bekor qilmasdan sha'riy nikoh bilan turmush qurishi oqibatida    ko'pgina qiyinchiliklarga va ortiqcha ovoragarchiliklarga duch kelmoqda. Qonunchiligimizda otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qat'iy nazar belgilanadi. Shu sababli otalikni belgilashda uning sobiq xotinini roziligi talab qilinmaydi.

Ammo bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan bo'lsa, otalikni belgilash yoki yolg'iz ona  to'g'risidagi arizaga nikohda turgan erning u bilan qonuniy nikohda bo'lgan onadan tug'ilgan bolaga nisbatan otalik belgilashga yoki bolaning tug'ilishini yolg'iz ona arizasi asosida qayd etilishiga notarial tasdiqlangan rozilik arizasi yoki u FHDYO organiga kelib bunga yozma ravishda o'z roziligini bildirishi lozim bo'ladi. Aks holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-yildagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 21-bandiga asosan bola tug'ilgunga  qadar uning otasi vafot etgan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki nikohi haqiqiy emas deb topilgan sanadan keyin 300 kundan ko'p vaqt o'tmagan bo'lsa otasi to'g'risidagi ma'lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi. Mana shunday holatda farzandiga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olmoqchi bo'lgan ota-ona o'zining sobiq erini FHDYO bo'limiga topib kelish va bu jarayonni unga tushuntirish juda ko'p qiyinchiliklarni talab qilmoqda. 

Manzura Saydullayeva, 

tuman FHDYO bo'limi mudirasi.