Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 35 sessiyasi o‘tkazildi

      Bugun, Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdagi o‘ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman deputatlari, tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Sessiya ishini Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi raisi – tuman hokimi Najmiddin Sulaymonov boshqarib bordi.
     Sessiya ishida dastlab, kun tartibiga k
iritilgan 1-masala “Temir daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ayrimlarini ro‘yxatdan chiqarish choralari to‘g‘risida”gi tuman sektor rahbarlarining hisoboti eshitildi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi 2-va 3-masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 fevraldagi “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–6155-son Farmoni (165-bandi) ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari B.Aralov hamda shu Farmonning (129-bandi) ijrosi yuzasidan Tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i F.Ergashovning hisoboti tinglandi..
Kun tartibidagi 4-masala, tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Ashurov hisobot berdi.
Sessiyada 5-masala, 2021 yilning birinchi yarmi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i K.Po‘latov hisobot berdi.  Ushbu hisobot muhokamasida deputatlar Pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tumani bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida fikr bildirishib, qoniqarsiz ekanligini ta’kidlashdi va Pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i K.Po‘latovga ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, kamchiliklarni bartaraf etishi uchun 2 hafta muhlat berishga qaror qilishdi. 
Sessiyada kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati