"YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI" BIRLASHDIK

Har bir insonning o'zi yoqtirgan bayrami bo'ladi. Ammo bizning mustaqil yurtda kelajak yoshlari uchun oylar davomida bayram shukuhini his etish imkoni yaratilgan. Yurtimizda ilk bora iyun oyi "Yoshlar oyligi" deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan respublikamizning barcha hududlarida iyun oyi dayomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Oy davomida "Yangi O'zbe-kiston yoshlari, birlashaylik" shiori juda ko'p marotaba takrorlandi-ki, eshitmagan odam, xursand bo'lmagan qalb qolmadi. 
Oqdaryo tuman hokimli-gi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi,  tuman sardorlar Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman Madaniyat markazi ham-korligida oy davomida o'tkazilgan tadbir va loyihalar yoshlar, qolaversa, mahalliy aholining ko'ngliga iliqlik ulasha oldi. Tumanimizning 35 ta mahallasida joylashgan 57 ta umumta'lim maktablarining har birida "Yoshlar festivali" tashkil etilib, unda uyushgan hamda uyushmagan yoshlar birlashishdi. Oylik davomida 130 dan ortiq loyihalar amalga oshirilib, unda 10 mingdan ziyod yoshlar faol qatnashishdi. 
Sportning barcha turlari bo'yicha muso-baqalar o'tkazilgan holda yoshlarni sportga jalb qilish bilan birgalikda ular o'rtasidagi  do'stona raqobat tushunchalari ham keng targ'ib qilindi . Oylik davomida har bir kun "Sog'lom hayot uchun" sport musobaqalari bilan boshlanib, 10 dan ortiq loyihalar bilan davom etdi. Bulardan: "Hokim va yoshlar uchrashuvi", "Biznes marafon", "Dasturchilar", "Munozara", "Zakovat", "Kitobxonlik" shular jumlasidandir. 
Tumanimizda 11-13-iyun kunlari "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida  "Yoshlar festivali" keng nishonlandi. Unda kun davomida qator loyihalar o'tkazilib, kechki "Gala konsert dasturi"ga ulandi. Tuman Istirohat bog'ida ketma-ket o'tkazilgan tadbir dasturlari aholining qalbiga haqiqiy bayram shukuhini olib kirganiga shak-shubha yo'q. Festival davomida 12-iyun kuni o'tkazilgan konsert dasturi 4 soat davom etgan bo'lsada, tuman markaziy bog'iga yig'ilgan 1500 nafardan ziyod tomoshabinlar qalbiga ta'riflab bo'lmas quvonch va yillar davomida unutilmas xotira bo'lib qoldi. 
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tashabbusi bilan o'tkazilgan  tadbirlar davomida tuman sardorlari, volontiyor yoshlarning faolligi mahalliy aholida o'zgacha taassurot uyg'ota oldi, deya ishonch bilan ayta olamiz. Bir onaxonimizning so'zlari buning yorqin isbotidir:
-  Yoshim 45 dan oshgan bo'lsada,  bunday tadbirlar, loyihalar, konsert dasturlari shu paytgacha bunday qaynoq haroratda bo'lmagan. Yoshlar tashkiloti tomonidan unutilmas bayram sovg'asi bo'ldi biz uchun. To'g'risi, juda havas qildim. Yoshlikka qaytgim keldi. Afsuslandim. Farzandim ham kun  kelib mendek afsuslanmasligi uchun  sizning safingizga qo'shsam bo'ladimi?, - deya so'zlarini tamomlagan Hakimova Sanobar opamizning ko'zlaridagi yosh tomchilari barchaga o'zgacha ta'sir qilishi bilan birgalikda, "Yoshlar oyli-gi" qay darajada ko'tarinki ruhda o'tganidan dalolatdir.
Oylik davomida faol ishtirok etgan yoshlar, tashkil etilgan sport musobaqa g'oliblari va faollar faxriy yorliq, diplom, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. 
Mustaqil va ozod yurtda biz yoshlar uchun shunday imkoniyatlar yaratib berilayotganligi  bizni yurtimiz kelajagi uchun jonimizni fido qilishga undamoqda. Bir so'z bilan aytganda, "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashdik".
Alixon MAJIDOV,
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi 
tuman Kengashi raisi.