BARKAMOL AVLOD YOSHLARI YUQORI MARRALAR SARI

Mamlakatimizda ta'limga qaratilayotgan e'tibor natijasida 2020-yil 1-yanvarda Prezidentimizning 4467-qaroriga muvofiq Barkamol Avlod Bolalar Markazi "Barkamol Avlod Bolalar Maktabi" maqomiga ega bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga muvofiq yana 7 ta yo'nalish qo'shildi. Bu esa iqtidorli bolalar uchun ko'pgina imkoniyatlar yaratilganligidan dalolatdir.
Bugungi kunda tuman BABM o'quvchilari 7 ta yo'nalish bo'yicha oz bilim va mahoratlarini oshirib borib, turli xil ko'rik-tanlovlarning viloyat, respublika bosqichlarida o'z o'rnini egallab kelishmoqda. Yaqinda tumanda o'tkazilgan "Sport bizni birlashtiradi" nomli tennis musobaqasida Abdurazzoqov Murod, Ahrorova Zebo, Ma'murjonova Charoslar g'oliblikni egallashib, viloyat bosqichiga chiqishdi. "Temur siymosi biz bilan" chellenjida Shaymanov Sherbek viloyat bosqichiga g'oliblikni qo'lga kiritdi. "Kamoliddin Behzod izdoshlari" ko'rik-tanlovida To'ychiyev Ravshan viloyat bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etdi. "Navro'zi olam tasavvurimda" nomli rasm tanlovida Shaymanov Sherbek viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Shuningdek, o'quvchilarimizdan Xurramov Shaxriyor, Mamadaliyev Faxriddin, Mardiyev Jamshid, Ulug'bekov Lazizbek, G'ulomov Sultonxonlar Navro'z bayrami munosamati bilan o'tkazilgan "Varraklar sayli" musobaqasida ham viloyat bosqichida faxrli 2-o'rinni egallab, respublika tanloviga ishtirok etishdi.
Tuman Barkamol Avlod Bolalar Maktabi Koreyaning nufuzli tashkiloti bilan memorandum imzoladi va ushbu tashkilotning "ENTRY" dasturlash tizimi bo'yicha tanlovi bo'lib o'tdi. Bu tanlov respublika bo'yicha yosh dasturchilarni saralab olmoqda va bu tanlovda Oqdaryo tumani BABMdan eng ko'p yosh dasturchilar ishtirok etishdi. Ushbu tanlovda Oqdaryo yoshlari "Eng kreativ rolik" nominatsiyasi g'olibligini egallashdi.
Yana bir o'quvchimiz Mamadiyorova Chehrona ingliz tili fanidan "Sefrdan B2"ni qo'lga kiritdi. Yaqinda bo'lib o'tgan "Tog' sayli" musobaqasida ham o'quvchilarimiz viloyat bosqichida faxrli 2-o'rinni egallab, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, ushbu tanlovlarda yutuqlarga erishgan har bir o'quvchilarni tuman BABM direktori Mohira Xolboyevaning o'zi joylarga borib rag'batlantirib kelmoqda. Bu esa biz xodimlarning yanada kuch va g'ayrat bilan ishlashimizga zamin yaratmoqda.
Oqdaryo tuman BABMda hozirgi kunda 56 nafar pedagog va murabbiylar o'z faoliyatini olib borishmoqda. Hozirgi kunda BABMda 7 ta yo'nalishda 82 xil to'garak mavjud. Tumanda tarmoq to'garaklari 30 foizni tashkil etadi. 24 ta maktabda BABM xodimlari tarmoq to'garaklarida o'quvchi yoshlarga tahsil berib kelishmoqda. Maqsadimiz o'quvchilarimizni nafaqat tuman, viloyat va respublika miqyosidagi, balki Xalqaro ko'rik-tanlovlarda ishtirok etishiga erishishdan iborat. Shunday ekan, ushbu ezgu maqsad yo'lida astoydil harakat qilamiz.
Fayoziddin Rahmatov,
tuman Barkamol Avlod Bolalar Maktabi "Kompyuter grafikasi" to'garagi rahbari.
Мавзуга оид: