MY.GOV.UZ. portali ortiqcha vaqt sarfidan xalos qiladi

Hozirgi kunda Yagona portalda jami xizmtalar soni 460 dan oshgan. MY.GOV.UZ mobil ilovasida esa 191 ta xizmat ko'rsatilmoqda. 2023-yilning yarim yilida yagona portalga 8.38 mln.dan ziyod murojaat bo'lgan. Demak, aholining onlayn xizmatlarga ishonchi va ko'nikmasi ortib bormoqda.
My.gov.uz. xizmatlardan eng ko'p 25-34 yosh oralig'idagi shaxslar foydalanishar ekan. Ularning ulushi 33 % ga teng bo'lib, bu ko'rsatkich 35-44 yoshlilarga (24 %). nisbatan ko'proqni tashkil qiladi.
Internet auditoriyasining salmoqli qismini yoshlar tashkil qiladi. My.gov.uz. xizmatlardan foydalanishda ular ulushini yanada oshirish zarur.
Kelajakda aholi va davlat o'rtasidagi asosiy munosabatlar my.gov.uz orqali yo'lga qo'yiladi. Bu xorij amaliyotida o'z isbotini topib ulgurgan jarayon. Shu jihatdan yoshlar internetdagi vaqtining bir qismini elektron xizmatlardan foydalanish ko'nikmasini oshirib borishga sarflashsa ziyon qilmaydi.
B.AXMEDOV,
tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimi.
Мавзуга оид:

NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00