MATBUOT ANJUMANI

Joriy yilning 16-yanvar kuni  "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida matbuot anjumani o'tkazildi.
Unda "OQDARYOTUMANGAZ" gaz ta'minoti bo'limi rahbari Bobur Iskandarov ishtirok etib, hududda aholini gaz bilan ta`minlash holati: sohadagi muammo va kamchiliklar to'g'risida ma'lumot berildi.
Tadbir davomida OAV vakillari: "Oqdaryo ovozi" gazetasi bosh muharriri Yo'lchi Muhammadiev, "OQDARYOLIKLAR" telegram kanali   blogeri Murodjon Mannonovlar soha hamda mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
                     ***
17-yanvar kuni "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi. 
Matbuot anjumanida tuman Maktabgacha ta`lim bo'limi boshlig'i Charos Ortiqova ishtirokida bog'cha yoshidagi bolalarning bog'chaga qamrovini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi vazifalar to'g'risida ma'lumot berildi.
 ***
Shuningdek, "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida 19-yanvar kuni bo'lib o'tgan navbatdagi matbuot anjumanida Oqdaryo tuman Adliya bo'limi boshlig'i Davron Ashurov ishtirok etib, "2022-yildagi faoliyati sarhisobi" mavzusida ma'lumot berildi.
Tadbir davomida OAV vakillari: "Oqdaryo ovozi" gazetasi muxbir-lari soha hamda mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
                 ***
Shuningdek, "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida Oqdaryo tuman Aholi bandligiga ko'mak-lashish markazi boshlig'i o'rinbosari Kamol Po'latov hamda markazning mas'ul xodimlari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida 2023-yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o'rinlarini yaratish bo'yicha belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi.
"Samarqand suv ta'minoti" MCHJ Oqdaryo tumani filiali muhandisi S.Nomozov hamda ijro intizomi bo'yicha mas'ul xodimi H.To'xliyev ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida esa "Hudud aholisining necha foizi toza ichimlik suvi bilan qamrab olingan: sohadagi muammo va kamchiliklar" mavzusida ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
O'z muxbirimiz.