KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O’TKAZAYLIK!

Yozning issiq kunlari ortda qolib, salqin kunlar ham boshlandi. Kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida tuman FVB NTB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Navro’z mahallasida joylashgan ko’p kvartirali uy-joylar xonadonlari o’rganilganda, markaziy isitish tizimi mavjud emasligi, yashash xonadonlarida burjeka pechlardan va maishiy gaz ballonlardan foydalanilayotganligi, dudburonlari nosoz holga kelib qolganligi aniqlandi. Yashash uyi egalariga kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish hamda is gazidan zaharlanishlarni oldini olish borasida bir qancha ko’rsatmalar berib o’tildi. 
Bundan tashqari,  tuman Tibbiyot birlashmasi, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim bo’limlariga qarashli bo’lgan binolar ko’rikdan o’tkazilganda elektr uzatish tarmoqlari va elektr jihozlarini ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun avtomatik saqlagichlar va kalibrlangan eruvchan himoya o‘rnatmasi o‘rniga qo‘lbola tayyorlangan (sim o‘ramalari, «qo‘lbola saqlagich» va boshqalarni) vositalarni qo‘llash holatlari kuzatildi. Bunday holatda qisqa tutashuv bo’lganda saqlagichlar ajratmasligi oqibatida yong’in kelib chiqishi xavfi yuqori bo’lganligi sababli, maskan rahbarlari e’tiborsiz bo’lib kelayotganligi uchun  ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shunday ekan, barchamiz xizmat faoliyatimiz davomida texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishimiz, doimo e’tiborli va hushyor holda ish yuritishimiz lozim. Bu bilan nafaqat o’zimizni, balki o’zgalarning hayoti va salomatligini ham asragan bo’lamiz.  
N.B.VOHIDOV,
 tuman FVB NTB boshlig’i,
katta leytenant.