INKLYUZIV TAʼLIM: ISTEʼDODLAR UCHUN CHEKSIZ IMKONIYAT

Inklyuziv taʼlim — bu har bir bolaga mehr, eʼtibor va ishonch bilan yondashish, uning imkoniyatlarini yuzaga chiqarish demakdir. Zero, har bir bolaning qalbida o‘ziga xos isteʼdod yashiringan. Uni kashf etish esa biz ustozlarning eng muhim vazifamizdir.
Tumanimizdagi 51-umumiy o‘rta taʼlim maktabida inklyuziv taʼlim yo‘nalishida o‘quvchilarning bilim olishi, qobiliyatlarini rivojlantirishi va o‘z isteʼdodlarini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Maktabimizning inklyuziv taʼlim yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchimiz Toshmamatov Nurbek o‘zining tirishqoqligi, intilishi va isteʼdodi bilan quvonchimizga quvonch qo‘shmoqda. Uning «Sen isteʼdodlisan» ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinni egallagani barchamiz uchun katta faxr va quvonch bo‘ldi.
Bu yutuq — Nurbekning mehnati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ustozlarining qo‘llab-quvvatlashi va intilishining samarasidir.
Biz ishonamizki, bugungi kichik qadamlar ertangi katta muvaffaqiyatlarga yo‘l ochadi. Nurbekka kelgusida yanada ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va yorqin kelajak tilaymiz!
 Zero, har bir bola isteʼdodli, har bir bola eʼtiborga loyiq, har bir bola muvaffaqiyatga erishishga qodir!
Shahribonu Obidova,
51-maktabning maxsus pedagogi.