HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI O'Z VAQTIDA ALMASHTIRISHNI UNUTMANG!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 178-sonli "Vazirlar Mahkamasining "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga o'zgartirishlar kiritish haqida"gi   qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 116-sonli  qaroriga o'zgartirishlar kiritildi.   

Kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq eski namunadagi barcha milliy   haydovchilik guvohnomalarini hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarini almashtirish muddati ularning berilgan vaqtiga qarab uzaytirildi.

Xususan, haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi  to'g'risidagi guvohnomalar:

2010-yilgacha bo'lgan davrda berilgan bo'lsa - 2023-yil 31-martgacha;

2010-2012-yillarda berilgan bo'lsa -2023-yil 30-iyungacha;

2013-2015-yillarda berilgan bo'lsa -2023-yil 30-sentyabrgacha;

2015-yildan keyingi davrda berilgan bo'lsa 2023-yil 31-dekabrgacha almashtirilishi belgilandi.

Yuqorida ko'rsatilgan muddatlarda almashtirilmagan guvohnomalar esa haqiqiy emas deb hisoblanadi.

X.Yaxshiboyev,

tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish

markazi bosh yuristkonsulti.