E’TIBORSIZLIK VA BEPARVOLIK NATIJASI

Yong’in bilan bog’liq baxtsiz hodisalar aksariyat hollarda e’tiborsizlik va beparvolik natijasida kelib  chiqishini ko’p bor eshitganmiz, guvohi bo’lganmiz. Bu esa o’z o’rnida bizdan nafaqat uyda, balki xizmat, jamoat joylarida ham yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilishimiz, elektr va gaz moslamalaridan xavfsiz foydalanishimiz lozim ekanligini talab etadi.   

 Shu bilan birga, hududlardagi ko’p qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda xonadonlarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilg’idan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash qoidalariga rioya etmaslik holatlari ham uchrab turibdi.

Oqibatda yong’inlar kelib chiqishi, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi kabi fojeali holatlar ro’y berib, insonlarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetmoqda. 

Xususan, Oqdaryo tumanda 2023 yil sakkiz oyida - 49 ta yong’in sodir bo’lgan bo’lib fuqarolarga ko’p miqdorda mulkiy zarar yetkazilgan. Sodir bo’lgan yong’inlarning 100% aholi yashash sektoriga to’g’ri kelmoqda. Joriy yilning
 13-sentyabr kuni Uchtepa MFY Chorshanba qishlog‘ida yong’in sodir bo’lgan.

Yong’inni kelib chiqish sababini o’rganish davomida Uchtepa MFY Chorshanba qishlog‘ida yashovchi, 1988-yilda tug’ilgan fuqaro oshxonasiga maishiy gaz ballonini kiritib gaz pletasiga ulab gaz pletasini yoqgan vaqtida maishiy gaz balloni og’zidan gaz sizib chiqib turganligi oqibatida yong’in kelib chiqishiga sabab bo’lgan. 

               Shunday ekan, barchamiz yashash uyimizda texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishimiz, maishiy gaz ballonlarni yashash uyiga va oshxonasi ichiga kirgizmasdan tashqarida metal sef yasab ichida xavsiz saqlashimiz, doimo e’tiborli va hushyor holda ish yuritishimiz lozim. Bu bilan nafaqat o’zimizni, balki o’zgalarning hayoti va salomatligini ham asragan bo’lamiz.  



    N.B.Voxidov

 Oqdaryo tuman FVB katta inspektori

kapitan                                                                          


Мавзуга оид: