CHET EL FUQAROSI BILAN NIKOHNI QONUNIY QAYD ETISH TARTIBI
O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holati to`g`risidagi qonun O`zbekistonda chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga soladi. Oila kodeksiga asosan O`zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet et fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar oilaviy munosabatlarga kirishganda O`zbekiston fuqarolari bilan teng huquqda foydalanishadi va teng majburiyatlarga egadirlar.
O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ya`ni boshqa davlatda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el fuqarosi bilan nikohdan o`tishda yoki umuman FHDYO organi bilan bog`liq bo`lgan harakatlar tug`ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o`lim kabi fuqarolik holatlarini qayd etish masalasida, o`sha davlatdagi O`zbekiston konsulligiga murojaat qilishlari qonunlarda belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolat-nomalarini qayd etish Qoidalari"ning 89-bandiga asosan O`zbekiston Respub-likasi Oila kodeksga muvofiq O`zbekiston Respublikasi FHDYO organlarida O`zbe-kiston Respublikasi fuqa-rolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o`rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. O`zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs nikohini qayd etishda O`zbekiston Respublikasida bo`lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo`lishi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostel qo`yilgan hujjati(davlat tiliga tarjima qilingan) talab qilinadi.

Rayhona Usmanova,
tuman FHDYO bo`limi inspektori.
Мавзуга оид:

Nikoh tuzish tartibi va shartlari
- 08 сен, 10:17

FHDYО organlari tomonidan nikohni qayd etish tartibi
- 10 авг, 14:03

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30