Noqonuniy qurilishlar bartaraf etilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda 2020-yil 7-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida yangidan tashkil qilingan tizimda bir qancha islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2021-yil 8-iyundagi "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida va "Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonunda Kadastr agentligiga bir qator vazifa va vakolatlar belgilab berilgan.
Mazkur qonun qabul qilinishi munosabati bilan, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazmaslik, yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish hamda davlat kadastrlarini yuritish tartibini buzish bilan bog'liq ma'muriy huquq-buzarliklar to'g'risidagi ishlar faqat Kadastr agentligi organlari tomonidan ko'rib chiqilishi belgilangan.
Mazkur farmon, qaror va qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan Kadastr agentligining tuman bo'limi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning o'tgan 11 oyida Kadastr agentligi Oqdaryo tuman bo'limiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jami 75 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 64 tasi ijobiy yechimini topgan, 6 ta murojaat egasiga huquqiy ma'lumot berish orqali hal etilgan, 5 ta murojaat taalluqli bo'lmaganligi sababli vakolatli tashkilotlarga xat orqali yuborilgan.
Kadastr agentligi tuman bo'limi tomonidan Oqdaryo tumani hududi bo'yicha jami 183 ta kadastr yer va qonunbuzilish holatlariga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan 178 shaxsga nisbatan ma'muriy jarimalar qo'llanilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan ko'chmas mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik yuzasidan O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarik to'g'risidagi kodeksning 68 prim 1 moddasiga asosan 64 ta, sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko'rilmagan. Shu jumladan, yer uchastkasi o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to'g'risida tegishli vakolatli organlarga xabardor etilmagan. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy Javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60 prim 1-moddasiga asosan 7 ta, tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo'lmay turib chetga chiqish, Davlat yer kadastr yuritish qoidalarini buzish yuzasidan 68-modda 1-qismiga asosan 10 ta, yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilishlar qurganlik holatlari bo'yicha 60-moddasi 2-qismiga asosan jami 76 ta, 60-moddasi 3-qismiga asosan 21 ta ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda jarima jazosi qo'llanildi.
Bo'lim tomonidan qo'llanilgan jarimalar so'mmasi jami 897 million 900 ming 200 so'm bo'lib, shundan imtiyozli davr mobaynida undirilgan jarimalar jami 188 million 615 ming so'mni tashkil etadi. Qolgan 709 million 285 ming so'm miqdoridagi jarimalar majburiy ijro bo'limi organlariga yuborilib, hozirgi kunda majburiy ijro bo'limi xodimlari tomonidan ushbu ma'muriy jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.
O'zboshimchalik holatlarni bartaraf etish yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga yozma ko'rsatma va ogohlantirish xatlari yuborilishi natijasida 58 ta holatda 1,6 gektar yer maydonlari ixtiyoriy bartaraf etilib dastlabki holatiga qaytarilishi ta'minlandi. Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etilmagan 39 ta holatda 6.8 gektar maydondagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli sud idoralariga noqonuniy qurilmalarni buzdirish va yer maydonini yer egalari hisobiga qaytarish to'g'risida da'vo arizalar kiritildi. Ushbu da'vo arizalarning 16 tasi sud idoralari tomonidan qanoatlantirilgan, 23 ta holatda ayni paytda sud jarayonlari davom etmoqda.
D.Raximov,
Kadastr agentligi tuman bo'limi boshlig'i.
ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
- 19 окт, 13:59

NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING QARORI
- 19 апр, 13:44

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30