YOSHLARIMIZNI OILAGA TAYYORLASH OILA MUSTAHKAMLIGIDIR
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31- dekabrdagi "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora tadbirlari to'g'risida"gi 820-sonli qarori nikoh yoshiga yetgan yoshlari-mizni oilaga tayyorlashda muhum yo'na-lishlarni belgilab berdi. Ushbu qarorga asosan FHDYO organlari tomonidan nikohni qayd etish uchun ariza bergan o'ttiz yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar roziligi asosida tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limiga o'quv mashg'ulotlarda qatna-shish uchun yuborilmoqda. O'quv mashg'ulotlarning asosiy maqsadi darslarda kelin-kuyovlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida bir-birini yaxshi tushunib ketishga ko'maklashuvchi psixologlarimiz maslahatlarini berish, tibbiy madaniyatini oshirish uchun tibbiyot xodimlarini jalb qilishdir. Nikohlanuvchi yoshlar oila qurish oldidan oilada o'z huquq va burchlarini yaxshi bilishi er-xotinning huquq va majburiyatlari nimalardan iboratligi, qolaversa kelajakda farzand tarbiyasi borasida ham ikki tomonga qanchalik mas'uliyat yuklanishi haqida ham ushbu o'quv mashg'ulotlarida o'zlariga kerakli maslahatlarga ega bo'lishadi. Nikohlanuvchi yoshlarimizni ushbu o'quv mashg'ulotlarimizga jalb qilar ekanmiz, ba'zi holatlarda ortiqcha vaqti yo'qligini bahona qilib qatnasha olmasligini bildirgan yoshlarimizga aytadigan gapimiz shuki, bu mashg'ulotlar sizlarning quriladigan oilalaringiz mustahkam bo'lishi, siz qanchalik ko'p oilada kerakli ma'lumotlarga ega bo'lsangiz, bo'lajak turmush o'rtog'ingizni yaxshi tushunsangiz, bu borada mutaxassislar maslahatidan chiqmasan-giz, bo'lajak oilangizda bir-biringizni tushunish, ajrim holatlarini oldini olgan bo'lasiz, milliy qadriyatlarimizdan bo'lgan oilani qanchalik muqaddasligini tushunasiz va qadrlaysiz. Bu borada kelajakda yoshlarimiz o'rtasida yana ham ko'proq targ'ibot ishlarini olib boraveramiz va yoshlarimizni ham bunday tadbirlarimizda faol bo'lishini so'rab qolamiz.
Rayhona Usmonova,
tuman FHDYO bo'limi inspektori.

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

FHDYО organlari tomonidan nikohni qayd etish tartibi
- 10 авг, 14:03

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30