Murojaat va munosabat XALQIMIZNI ROZI QILISH ENG MUHIM MASALA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan har bir vazifalar va 2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deya nomlanishi O‘zbekistonning kelgusi taqdirini belgilab berdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 2022-yil davomida 23 marotaba sessiya o‘tkazilib, unda tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlarining jami 217 marotaba hisobot va axborotlari eshitildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasining qaror farmon, farmoyishlari ijrosi bo‘yicha 137 marotaba hisobotlar, 25 martta axborotlar eshitilgan bo‘lsa, vakolat doirasida 55 marotaba muhokama, nazorat tahlili, hokim qarorlarini tasdiqlash va boshqa masalalarda qarorlar qabul qilindi.
Bugungi kunga qadar tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylardagi o‘rganishlari natijasida aniqlangan kommunal soha, gaz, elektr energiyasi, yo‘l va shu kabi boshqa mavjud muammolar yuzasidan, shuningdek, fuqarolar tomonidan kelib tushgan turli mazmundagi murojaatlardan kelib chiqib, tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlariga jami 90 ta deputatlik so‘rovlari jo‘natilgan va so‘rovlar asosida hududlardagi muammolar atroflicha o‘rganilib ijobiy hal etilib kelinmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi hudud deputatlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlar 159 tani tashkil etib, aniqlangan muammolar 271 tani tashkil etib, shundan 149 tasi hal etilgan. Jumladan, Yangiobod mahallasi fuqarosi 1-guruh nogironining oilaviy sharoiti hudud deputati U.Boshmonov tomonidan atroflicha o‘rganilib, tuman sessiyasida masalasi ko‘rib chiqildi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning   183 ta murojaatlari o‘rganilgan va 76 tasi ijobiy hal etilgan, 67 tasiga tushuntirish berilgan, 19 tasi rad etilgan, 21 tasi ish jarayonida. 
Xalq deputatlari tuman Kengashida 8 ta doimiy komissiyalar:
- Mahalliy byudjet, Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni   rivojlantirish masalalari bo‘yicha;
-  Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha;
-  Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha;
-  Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha;
-  Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha;
-  Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha;
-  Reglament va deputatlik odob masalalari bo‘yicha;
-  Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyat yuritib kelmoqda. Doimiy komissiyalar tomonidan yillik ish rejaga asosan tuman tashkilotlar faoliyati o‘rganildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha Kengash sessiyasi muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiya-larda ijro hokimiyati organlarining 11 nafar rahbarlariga nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritilgan. 
  Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 21 ta sessiyalar to‘liq OAVda hamda internet tarmog‘ining tuman rasmiy kanali orqali onlayn tarzda yoritilgan. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar biz deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yukladi. Shuning bilan bir qatorda eng muhim masala – yurt taqdiriga daxldor bo‘lib, xalqimizni rozi qilish uchun hammamiz birgalikda ishlashimiz lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi. 
Dildora ADILOVA,
Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyat mudiri.