FHDYО organlari tomonidan nikohni qayd etish tartibi

Nikohning eng asosiy talabi bu tomonlarning o'zaro roziligi va nikoh yoshiga to'lganligi. O'zbekistonda nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan. Qonunchilikka asosan kelin yoki kuyovning birida avval qayd qilingan boshqa nikohi mavjud bo'lsa, yaqin qarindoshlar o'rtasida, loaqal bittasi ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmasligi belgilangan.
Nikohdan o'tish uchun kelin va kuyov FHDYO bo'limiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi lozim. Keyin FHDYO bo'limi xodimlari tomonidan poliklinikaga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'llanma beriladi. Bir oylik muddatda kelin-kuyov tibbiy ko'rikdan o'tishi va belgilangan muddatda FHDYO bo'limiga olingan tibbiy ma'lumotnomani taqdim etishi lozim. Hozirgi kunda FHDYO bo'limlaridan nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomani olish uchun 132 ming so'm to'lov qilinadi. Nikohni FHDYO bo'limining tantanalar zalida qayd ettirish uchun BHM ning 0,5 baravari (165 ming so'm) miqdorida, to'yxonaga borgan holda tantanali o'tkazish uchun BHM ning 1,5 baravari (495 ming so'm) miqdorida to'lov qilinadi. Nikoh tuzish nikohlanuvchilar FHDYO bo'limiga ariza bergan kundan bir oy o'tgach, nikohlanuvchilar shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
R.Toirov,
tuman FHDYO bo'limi 1-toifali inspektori.
Мавзуга оид:

NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00