Inson va qonun QURILISHDAGI SOXTA HUJJATLAR FOSH ETILDI

Lekin, sudlanuvchi V.Abdinazarov va A.Axtamovlar, shartnoma shartlarida ko'rsatilgan ob'yektni buyurtmachiga tasdiqlangan loyihaga muvofiq topshirish, barcha ishlar to'liq va shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini ta'minlash kabi talablariga qasddan rioya qilmasdan, 20.10.2023-yilda 11 mlrd. 486 mln. 30,4 ming so'mlik pudrat ishlari bajarilganligi to'g'risidagi "Bajarilgan ishlar qiymati haqidagi hisob-faktura" ma'lumotnomalarni tuzib, mazkur hisob-faktura ma'lumotnomalariga loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan, biroq haqiqatda umuman bajarilmagan 35 turdagi 653 mln. 853 ming 820 so'mlik ishlarni bajarilganligi haqida soxta ma'lumot va yozuvlar kiritishadi. Shuningdek, muayyan huquq beradigan rasmiy hujjat hisoblanuvchi ushbu hisob-fakturani qalba-kilashtirib, hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, ushbu qalbaki ma'lumotlar asosida tuzilgan hisob-fakturalarni buyurtmachi - Samarqand viloyat hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati davlat unitar korxonasiga to'lov uchun taqdim qilib, jami 653.853.820 so'm juda ko'p miqdordagi mablag'larni o'zlashtirish va rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilishgan.
Sudlanuvchi Abdinazarov Voxidga O'zbekiston Respublikasi JK tegishli moddasiga asosan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi Axtamov Alibekga O'zbekiston Respublikasi JK 228-moddasi 2-qismining "a,b" bandlari bilan, har oylik ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Maqsud MANSUROV,
tuman prokurori yordamchisi.
Мавзуга оид: