"TASHABBUSLI BUDJET" LOYIHASI XALQIMIZ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILMOQDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi "Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5072-son O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi "Tashabbusli budjet jarayonlarini o'tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
2024-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag'lari hisobidan 2277,9 mln.so'm, o'tgan yil va o'tgan mavsum g'olib takliflardan ortgan 309,23 mln.so'm va tuman mahalliy budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 6627,0 mln.so'm, soliq daromadlarining 1-chorak prognozidan oshirib bajarilgan qismidan 226,9 mln.so'm va 2-chorak prognozidan oshirib bajarilgan qismidan 602,9 mln.so'm, Samarqand viloyat budjetidan 1700,0 mln.so'm, "Mening yo'lim" loyihasidan fuqarolar tashabbusli jamg'armasiga 4 000 mln.so'm mablag', Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashining qarorlariga asosan 15 434,7 mln. so'm mablag'lar o'tkazilishi ta'minlandi.
2024-yil "Tashabbusli budjet" loyiha-sining 1-mavsumi "Ochiq budjet" axborot portalida 1-fevraldan 4-aprelga qadar davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig'ida 107 ta takliflar kelib tushdi. Ishchi guruh tomonidan 94 ta loyihalar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o'tkazildi. Qolgan 13 ta loyiha mezon talablariga to'g'ri kelmaganligi sababli rad javobi berildi.
Tumanimizda 2024-yil 1-mavsumiga ko'ra 11 ta loyiha g'olib deb topildi. Jumladan:
1-o'rin: 3129 ta ovoz bilan Sug'onchi MFY Tepa Sug'onchi ichki ko'chalarini asfalt qoplamasi bilan qoplab ta'mirlash tashabbusi pudratchi Oqdaryo TYF DM tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 875,4 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari yakunlangan;
2-o'rin: 5125 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Sug'onchi MFY O'radin qishlog'i ichki ko'chalarining 3000 metr qismini asfalt qilish tashabbusi pudratchi "SAMARQAND UZBEKGAZSUV QURILISH" MCHJ tomo-nidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 430,1 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari davom etmoqda;
3-o'rin: 4324 ta ovoz bilan Sug'onchi MFY Qoraxitoy qishlog'i ichki yo'llarini asfalt qoplamasi yotqizish tashabbusi pudratchi Oqdaryo TYF DM tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 861,7 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari yakunlangan;
4-o'rin: 4235 ta ovoz Katta Sug'onchi ichki yo'llari juda xarob ahvoldaligi uchun asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi pudratchi 505-SON MKMK MCHJ tomoni-dan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 411,6 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari davom etmoqda;
5-o'rin: 2493 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Miyonqol mahallasi Ko'ksaqol qishlog'ini 3000 metr ichki yo'llarini asfalt qilish pudratchi Oqdaryo TYF DM tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 838,3 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari yakunlangan;
6-o'rin: 2349 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 45-umumta'lim maktabini joriy ta'mirlash tashabbusiga pudratchi QURUVCHI-BINOKOR-TURKISTON MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 544,8 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari davom etmoqda;
7-o'rin: 2223 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 47-maktabga qo'shimcha o'quv bino qurish tashabbusiga pudratchi ZOIR-MANSUR X/K tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 461,9 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari davom etmoqda;
8-o'rin: 2085 ta ovoz bilan 1-maktabga qo'shimcha o'quv bino qurish tashabbusiga pudratchi "BADAL QURILISH MAHSULOT SAVDO" XUSUSIY KORXONA tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 236,3 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari davom etmoqda;
9-o'rin: 1546 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 20-maktabni joriy ta'mirlash tashabbusiga pudratchi "ELNUR STROY MANTAJ" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 1256,8 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari yakunlangan;
10-o'rin: 1224 ta ovoz bilan 39-maktabni joriy ta'mirlash tashabbusiga pudratchi UTKIR SARBON SERVIS X/K tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 542,4 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari davom etmoqda;
11-o'rin: 746 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 28-maktabga qo'shimcha o'quv bino qurish tashabbusiga pudratchi "XOLIS BAHO" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1360,0 mln.so'm mablag'ning 236,2 mln.so'm qismi kassa qilingan, qurilish ishlari davom etmoqda.
Ushbu g'olib tashabbuslar bugungi kunda loyihachi tashkilotlari aniqlangan hamda pudratchi korxonalarni aniqlash jarayonida.
2024-yil "Tashabbusli budjet" loyiha-sining 2-mavsumi "Ochiq budjet" axborot portalida 6-iyuldan 1-sentyabrga qadar davom etdi. Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig'ida 77 ta takliflar kelib tushdi. Ishchi guruh tomonidan 72 ta loyihalar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o'tkazildi. Qolgan 5 ta loyiha mezon talablariga to'g'ri kelmaganligi sababli rad javobi berildi.
Tumanimizda 2024-yil 2-mavsumiga ko'ra 7 ta loyiha g'olib deb topildi. Jumladan:
1-o'rin: 4043 ta ovoz bilan Oqdaryo tumani Primkent MFY hududida joylashgan 10-sonli maktab binosini mukammal ta'mirlash tashabbusi;
2-o'rin: 3891 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman sport maktabiga qarashli TIP-1 (Tortuvli qishlog`iga 12x24 o`lchamdagi) yengil konstruksiyali zamonaviy sport zal qurish tashabbusi;
3-o'rin: 3890 ta ovoz bilan Sug'onchi MFY Tepa Sug'onchi qishlog'ining ichki yo'llariga asfalt qoplamasi yotqizish tashabbusi;
4-o'rin: 3723 ta ovoz Oqdaryo tumani A.Temur MFY hududida joylashgan 23-sonli maktab binosini mukammal ta'mirlash tashabbusi;
5-o'rin: 3609 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasini jihozlash;
6-o'rin: 3463 ta ovoz bilan Miyonqol MFY Chaykal qishlog'i ichki ko'chalarining 2000 metr qismini asfaltlashtirish tashabbusi;
7-o'rin: 2840 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 45-IDUMga sindvich paneldan 12x24 sport zal qurish tashabbuslari g'olib deb topildi.
Ushbu jarayonlarning barcha bosqichlari jamoatchilik hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida o'tkazilishini ta'minlash hamda loyihada ko'zda tutilgan tadbirlarni sifatli tarzda amalga oshirilishi (tovar yoki xizmatlarni xarid qilinishi) hamda bajarilgan ishlarni loyiha tashabbuskorlari ishtirokida qabul qilib olinishini ta'minlash bo'yicha tizimli choralar ko'rilmoqda.
N.Ismoilov,
tuman Iqtisodiyot va moliya
bo'limi boshlig'i.
ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
- 19 окт, 13:59
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30