Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish va ishtirok etganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 191-moddasiga asosan Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish - ana shu o'yinlar buyumlarini, shuningdek o'yinga tikilgan hamda o'yindagi yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarda ishtirok etishga jalb qilish - ana shu o'yinlar buyumlarini, shuningdek o'yinga tikilgan hamda o'yindagi yutuq bo'lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 278-moddasiga asosan Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o'tkazish, shu jumladan ana shunday o'yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash - yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


T.ABDURASHIDOV,

                                     tuman adliya bo'limi boshlig'i.