Dala cheti — yuqori daromad manbai

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–465-sonli Qarori qabul qilingan.
Ushbu qaror asosida dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlar, aholi tomorqalari, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali tashkil etish va ko‘paytirish orqali eksport ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Oqdaryo tumanidagi “Samarqand Qulupnay Impeks”, “Oqdaryo Mushtariy” fermer xo‘jaliklari hamda “Golden Samarqand-Bukhara Group” MChJ tomonidan dala chetlariga ekish uchun turli xil mevali daraxt ko‘chatlari (olcha, achchiq gilos, bodom, olxo‘ri, gilos, shaftoli va boshqalar) zaxirasi tayyorlangan.
Shuningdek, “Agros Urug‘” va “Qoraxitoy” fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘qsonbosdi usulida ekiladigan sarimsoqpiyoz, piyoz, sabzi, turp, ismaloq va boshqa turdagi sabzavot urug‘lari zaxirasi yaratilgan.
Barcha fermer xo‘jaliklari rahbarlari diqqatiga!
Dala chetlariga ekish uchun ko‘chatlar yoki to‘qsonbosdi usulida ekiladigan urug‘lar kerak bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Ko‘chatlar bo‘yicha:
  • “Samarqand Qulupnay Impeks” fermer xo‘jaligi
  • “Oqdaryo Mushtariy” fermer xo‘jaligi
  • “Golden Samarqand-Bukhara Group” MChJ
    Rahbari: Ibragimov Rustam
    Telefon raqami: +998 99 592 76 23
Urug‘lar bo‘yicha:
  • “Agros Urug‘” fermer xo‘jaligi
    Rahbari: Raxmonqulov Shirinboy
    Telefon raqami: +998 99 804 52 45
  • “Qoraxitoy” fermer xo‘jaligi
    Rahbari: Nurmurodov Sirojiddin
    Telefon raqami: +998 99 509 58 40
D. QILICHEV
Oqdaryo tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi
Boshlig‘i. 

O. SHAKAROV 
Yetakchi mutaxassis.