Asosiy maqsadimiz - xalq sog'ligini muhofaza qilish
2025-yil 12 oy davomida jami 1249 ta holatda yuqumli kasalliklar hisobga olingan bo'lib, bu o'tgan 2024-yilga (1646 ta) nisbatan - 280,7 foyizga kamaygan. Har bitta kasallik o'chog`ida to'liq kasallikning kelib chiqishi o`rganilib, kasallikka qarshi chora-tadbirlar o`tkazildi.Shuningdek, yuqumli kasalliklar birlamchi shoshilinch xabar bo`yicha jami 1681 ta kasallik o'choqlarida yuqumli kasalliklariga qarshi epidemiologik chora tadbirlaro'tkazildi. 542 ta kasallik o'chog'dayakuniy zararsizlantirish ishlari o'tkakzildi, shundan 181 tasi kamerali zararsizlantirish. Yil davomida profilaktik maqsadda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, 150 ta ONMMTTlarda, 5 ta DXSh, MTTda, Oqdaryo Dehqon bozori, savdo kompleksida, 2 ta kasb-hunar texnikumida, 5 ta to'yxonada, 5 ta xususiy shifoxonada, 1 ta Aurogren MChJ da va MFY xonadonlarida 300 ta dezenfeksiya ishlari o'tkazildi. Sanepid qo'm Oqdaryo tuman bo'limi sangigiyena laboratoriyasida o'tgan yilda jami 3030 ta namuna olib kelingan.
Parazitar kasalliklar (ichak gelmentozlari)ni aniqlash uchun 12 oy davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Tuman bo'yicha gijja kasalligiga tekshirilganlar soni 21279 ta bo'lib, umumiy zararlanganlar soni 456 nafarni tashkil etdi. Tuman bo'yicha skriningdan o'tgan bolalar muloqotdoshlari bilan 100% degelmentizatsiya qilingan, 14 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida gijja kasalligi bilan zararlanish 4,5% ni gelmentozlar, ya'ni entrabioz va geminolepidoz kasalligiga to'g'ri keladi.
Tumanda 56 ta maktab mavjud bo'lib, shulardan 1-sinfdan 4- sinfgacha bo'lgan bolalar soni 12930 nafarni tashkil etadi. Shundan 2025-yil 12 oyida 43 ta maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilaridan 8281 nafar o'quvchilar tekshirish uchun rejalashtirilgan bo'lib, 12 oylikda 43 ta maktabda to'liq 8281 ta bola gijja kasalligiga tekshirilgan. Shundan 179 ta bolada entrabioz, 48 ta bolada geminolepidoz gijjasi aniqlandi. Ularning ota-onalari ishtirokida suhbat o'tkazilib, barcha bolalar sog'lomlashtirilgan.
Bugungi kunda tumanda Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 30 tani tashkil etadi. MTT larda jami 5028 ta tarbiyalanuvchi tarbiyalanmoqda. Shundan 12 oy davomida 19 ta MTT da 2148 ta bola gijja kasalligiga tekshirilgan. Tekshirish davomida 63 ta bolada entrabioz gijjasi aniqlangan bo'lib, bolalar to'liq sog'lomlashtirilgan.
Uyushmagan aholi orasida 3438 ta bola skriningdan o'tkazilgan bo'lib, 34 ta entabioz 2 ta geminolepidoz gijjasi aniqlangan bolalar to'liq sog'lomlashtirilgan. Muloqotdagilar 560 nafar bola tekshirilgan bo'lib, shundan 3 ta bolada entrabioz gijjasi aniqlandi va bugungi kunda ular sog'lomlashtirilgan. Sanepidqo'm Samarqand viloyati tomonidan 34200 ta albevorm dorisi berilgan bo'lib, iyul oyi bilan 34200 ta bola degelmenti-zatsiyadan o'tkazidi.
Liyamblioz kasalligini tekshirish uchun 12 oy mobaynida 2685 ta fuqaro murojaat qilgan. Shundan 19 ta bolada liyambilioz gijjasi aniqlangan va ularning ota-onasiga tavsiyalar berilgan.
Bezgak kasalligi bizda qayd etilmagan bo'lsada, tuman tibbiyot birlashma-siga bezgak kasalligini oldini olish bo'yicha tibbiyot xodimlari o'rtasida harorati oshib murojaat qilgan bemorlardan bezgak kasalligiga qaysi usulda qon olish va qanday tartibda tekshirish bo'yicha seminar tashkil qilish borasida ko'rsatma xat berilgan. 12 oy davomida 396 ta harorati oshib murojaat qilgan bemordan bezgak kasalligiga qon namunasi olingan bo'lib, musbat natija aniqlanmadi.
Sanepidqo'mita Oqdaryo tuman bo'limi "Bolalar va o'smirlar" gigiyenasi bo'linmasi nazoratida 279 ta muassasa mavjud. Shundan 56 ta umumta'lim maktabi, 30 ta DMTT, 2 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta kollej, 1 ta internat, 4 ta maktabdan tashqari bilimgoh va 164 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti mavjud. Ushbu 56 ta umumta'lim maktablaridan va quyidagi muassasalarda 12 oy davomida 55 ta umumta'lim maktabida, 31 ta Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida, 1 ta Oqdaryo tuman sport maktabida va 2 ta musiqa maktabida, 2 ta kasb-hunar maktabida, 1 ta kollejda, 1 ta Barkamol avlod o'quv markazida, 63-maktab-internatida tekshirishlar o'tkazilgan. Aniqlangan holatlar bo'yicha 51 ta ma'muriy chora qo'llanilgan.
2025-yil davomida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablarida va Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi holatlar bo'yicha qonun buzulishini oldini olish va uni bartaraf etish to'g'risida taqdimnomalar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi 626-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida maktab-gacha ta'lim tashkilotlarida o'rganishlar olib borilgan va sinamalar olingan.
Tumanda mavjud 224 ta oziq-ovqat do'konlari, 110 ta umumiy ovqatlanish korxonalari mavjud bo'lib, shundan 110 ta umumiy ovqatlanish korxonalarida profilaktik tadbirlar o'tkazildi. "Oqdaryo dehqon bozori" MChJga qarashli bozorda har kunlik nazoratga olish uchun ma'sul xodim biriktirilgan. Tumanimizdagi "Dehqon" bozorida ovqatdan zaharlanishni oldini olish profilaktikasi maqsadida yaroqliligi o`tgan go'sht mahsulotlaridan 12 kg, meva-sabzavotlar 13 kg, konserva mahsulotlari 26 kg va boshqa mahsulotlardan 2 kg iste'moldan olindi. Jumladan M-37 yo'li yoqasida joylashgan barcha oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish ob'ektlarida o'rganishlar o'tkazilib, tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borildi.
Bakteriologiya labarotoriyasiga 1201 ta suv inshootlaridan olingan 5 ta suv namunasi talabga javob bermaydi. 1201 ta qo'l qudug'dan 83 ta suv namunasi talabga javob bermaydi. Ochiq suv havzalaridan 105 ta, chiqindixonalardan 74 ta tuproq namunasi olingan. Suv inshootlaridan yomon chiqqan suv inshootlariga Samarqand viloyat "Suvta'minot" AJ Oqdaryo tuman filiali boshlig'iga sanitariya tavsiyanomalar chiqarilgan. "Suvta'minot" AJ Oqdaryo tuman filialida jami 54 ta suv inshooti mavjud bo'lib, hozirgi kunda 32 tasi ishchi holatda. Qo'l qudug'idan olingan suv namunalari yomon chiqqan aholi xonadon egalariga tavsiyalar berilgan.
Tumanda jami 35 ta MFY mavjud bo'lib, 35 ta mahalla, 28322 ta xonadon mavjud bo'lib, 35 ta xodim ajratilgan. Bir kunda 182 ta xonadon o'rganilgan, 12 oyda hozirgacha jami 25572 ta xonadon o'rganilgan. Tumandagi chqindilarni o'z vaqtida olib ketilishi uchun "Toza hudud" DK rahbariga tavsiya xatlar chiqarilgan. 12 oy davomida jami 52 ta profilak- tika ishlari o'tkazilgan.
2025-yilda muassasalarga 5 ta taqdimnoma va 8 ta ogohlantirish xatlari hamda 10 ta ko'rsatma xatlari berildi. 45 ta tadbirkorlik sube'ktlarida va muassasalarda profilaktika targ'ibot ishlari olib borildi.
2025-yilda "Mahallabay" ishlash tizimi bo'yicha joriy yilning 6 oyida 35 ta mahallada aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash bo'yicha tadbirlar o'tkazildi. 28000 ta xonadonda sog'lom turmush tarzi, yuqumli kasalliklarni oldini olish, aholining gigiyenik bilimini oshirish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlari o'tkazildi. O`rganish jarayonlarida 12000 ta xonadonlarga tavsiyalar berildi. Shu bilan bir qatorda sanitar holati qoniqarsiz deb aniqlangan 1250 ta xonadonlarda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli tashkilotlarga ko'rsatma xat va tavsiya xatlar berildi.
Kelgusida Oqdaryo tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash maqsadida quyidagi yo'nalishlarda ishlarni kuchaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- Bolalar va o'smirlar gigiyenasi hamda maktabgacha va umumta'lim muassasalarida profilaktik nazorat tadbirlarini kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklar takrorlanishini oldini olish maqsadida berilgan ko'rsatmalar ijrosini qayta monitoring orqali nazoratga olish.
- Davolash-profilaktika muassasalarida (DPM) infeksion nazorat, dezinfeksiya, sterilizatsiya tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, tibbiyot xodimlari o'rtasida sanitariya-minimum bo'yicha bilimlarni oshirish va qayta o'qitish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish.
- Aholi o'rtasida tibbiy va sanitariya-gigiyenik madaniyatni oshirish maqsadida davolash-profilaktika muassasalari, mahallalar va ta'lim muassasalarida tushuntirish, targ'ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari orqali profilaktik mavzularda chiqishlarni kengaytirish.
- Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanish tizimini takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 626-sonli "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etish to'g'risida"gi qarori ijrosi ustidan doimiy monitoring olib borish.
- Umumiy ovqatlanish ob'ektlari, bozorlar va savdo shoxobchalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha laboratoriya nazoratini kuchaytirish, yaroqsiz mahsulotlarning muomalaga chiqishini oldini olish choralarini qat'iylashtirish.
- Ichimlik suvi manbalari va suv inshootlarida laboratoriya tekshiruvlarini risk darajasiga asosan kengaytirish, talablarga javob bermagan holatlar yuzasidan mas'ul tashkilotlarga aniq muddatli sanitariya tavsiyanomalari berish va ijrosini nazorat qilish.
- Veterinariya xizmati, sanitariya-epidemiologiya xizmati, sog'liqni saqlash muassasalari, favqulodda vaziyatlar bo'limi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikni kuchaytirish, yuqumli kasalliklar, oziq-ovqatdan zaharlanish va favqulodda holatlarning oldini olish bo'yicha qo'shma profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda olib borish.
- Sanitariya qoidalarini takroran buzayotgan sub'ektlarga nisbatan ma'muriy ta'sir choralarini qat'iy qo'llash, berilgan ko'rsatma, ogohlantirish va taqdimnomalar ijrosi ustidan ijro intizomini kuchaytirish.
- Aholi o'rtasida sanitariya-gigiyenik va tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar) orqali tushuntirish va targ'ibot-tashviqot ishlarini kengaytirish, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzi va oziq- ovqat xavfsizligi bo'yicha muntazam axborot chiqishlarini tashkil etish.
B.Markayev,
Sanepidqo'm Oqdaryo tumani
bo'limi boshlig'i.
Мавзуга оид:
KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15
Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34
Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34




