НАВОИЙ МЕРОСИ – ИНСОНИЯТ БОЙЛИГИ

Alisher Navoiy oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan. Har yili adib tavalludi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanadi.
9-fevral – buyuk mutafakkir shoir, sheʼriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 583-yilligi 30-umumtaʼlim maktabida ham keng nishonlandi. Tadbirga mahallamiz faol ota-onalari ham mehmon boʻlishdi.
Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu tadbirda maktab direktori A.Asrorov soʻzga chiqib, buyuk adibning hayoti va faoliyati, boy merosining kelajak avlod taʼlim-tarbiyasidagi oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbirda maktab oʻquvchilari faol ishtirok etib, mutafakkir shoirning qalamiga mansub boʻlgan gʻazal va ruboiylari asosida gʻazalxonlik mushoiralari tashkil etishdi. A.Navoiyning gʻazallariga bastalangan kuy va qoʻshiqlar hamda sahna koʻrinishlari esa tadbirning shukuhiga shukuh qoʻshdi. Bayramona bezatilgan sahnada maktab kutubxonachisi tomonidan Navoiyning durdona asarlari asosida tayyorlangan kitoblar koʻrgazmasi ham oʻquvchi yoshlarning buyuk allomaning asarlarini oʻrganishga boʻlgan mehr-muhabbatini, qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
Zamira USMONOVA,
30-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
Мавзуга оид:

Seni kuylayman hayot
- 01 мар, 14:41

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
- 21 окт, 10:27