Seni kuylayman hayot

O’zbek xalqining sevimli shoirasi,  taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda. Vafo va sadoqat timsoliga aylangan Zulfiyaxonimning tavallud kuni qalblarga iliqlik, nafosat olib kiruvchi bahor bilan izma iz kirib kelishida ajib bir uyg’unlik borday.  Zulfiyaning  turmush o’rtog’I atoqli shoir Hamid Olimjonning ham she’riyatida bahor mavzusi ayricha ahamiyatga ega. Zulfiyaning uzoq ijodiy umr davomida yozilgan she’rlarining aksariyati bahor fasli, uning insonlarga baxshida etadigan go’zalligi, tarovati, jozibasi haqida.
Zulfiyaxonim tom ma’noda hayotga, Vatanga oshiq zako shoira. U eng oliyjanob tuyg’u- odamlarga, hayotga, el-u yurtga bo’lgan cheksiz mehr-muhabbat, sadoqat-u samimiyat qanotida bugungi ardoqli yuksaklikka ko’tarildilar.
Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligiga bag’ishlab tumanimizdagi 23-umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-”A” va 6-“B” sinflari “Seni kuylayman hayot”nomli adabiy viktorina kechasi tashkil qildilar. Usbu adabiy viktorinada o’quvchilar 4 ta shart bo’yicha bellashdilar. Bu shartlarda shoira Zulfiyaing ibratli hayot yo’li, sohir she’riyati, atoqli shaxslarning u haqdagi e’tiroflarini va go’zal she’rlaridan namunalar taqdim etildi. O’quvchilarning shartlar bo’yicha ishtirokini maktabning ijodiy targ’ibotchisi D.Elmurodova va Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari F.Sayfullayev kuzatib baholab bordilar. Viktorinada zukkoligi va bilimdonligi bilan 6-“B”sinf jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Maktabning ijodiy targ’botchisi ushbu adabiy viktorinani tashkil qilgan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi R.Abduhakimovaga, sahna ko’rinishi, mushoira shartlarida faol qatnashgan o’quvchilar: Tohirov Abdulla, Barotboyeva Dilnura, Dagarova Diyora, Abdurasulova Dilnuralarga alohida minnatdorchilik bildirdi.
             23-umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot o’qituvchisi  Shahlo Qurbonova.