BUGUNNING TALABI, ERTANING KAFOLATI

Konstitutsiyaviy islohotlarning dunyoda va mamlakatimizda globallashuv jarayonlari kechmoqda va bugun zamon har qachongidan ham tezlashdi hamda aholimizning talab va ehtiyojlari ham ortib bormoqda.Mamlakatimiz taraq-qiyotini yangi pog'onaga olib chiqish uchun davlat boshqaruvi tizimi, jamiyat va fuqarolarimizning huquqiy maqomi ham o'zgarishi kerak. Kons-titutsiyaviy islohotlarning maqsadi birinchidan, inson huquq, majburiyatlari va erkinliklarini keng ta'minlash va kafolatlash, ikkinchidan, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining institutlari faoliyati uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish va uchinchidan, samarali davlat boshqaruvi tizimini shakillantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Konstitutsiyaviy islohotlar "Avval-inson, keyin - jamiyat va davlat" degan g'oyani Konstitutsiyamiz va qonun-larimizga singdirish orqali erkin, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlatni shakllantirish va taraqqiy etishga qaratilgan.
Bugungi kunga qadar halqimiz tomonidan Konstitutsiyamizni takomillashtirishga qaratilgan 220 mingdan ziyod taklif kelib tushganligi "Jamiyat konstitutsiyaviy islohotlar tashab-buskori" tamoyilini namoyon etmoqda. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining referendum orqali qabul qilishni har bir fuqaroning konstitutsiyaviy islohotlariga dahldor bo'lishi va "Bu - mening Konstitutsiyam" degan yuksak g'urur va iftihorni ta'minlashga imkon yaratadi. 
Jamiyat va davlat hayotining eng muhum masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishi referendum orqali amalga oshiriladi. Referendum xalq irodasining, demokratiyaning bevosita ifodasi va muhum vositasidir.
Referendum o'tkazilayotganda biron-bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro'yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala - yangi konstitutsiya loyihasi, konsti-tutsiyaga tuzatishlar, qonun, qonun loyihasi, mamlakatning xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatga oid biron-bir savol qo'yiladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo'lib, faqat referendum yo'li bilan bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkun.
Referendum o'tkazish tashabbusi bilan: O'zbekiston Respublikasi fuqarolari; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; O'zbekiston Prezidenti chiqishi mumkun. Referendum o'tkaziladigan kunga qadar yoki referendum  kunida o'n sakkiz yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi, O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.
Jamiyat va davlat hayotining eng muhum masalalari yuzasidan o'tkaziladigan referendum haqida har birimizning yetarlicha bilimga ega bo'lishimiz, qonunchligimizni yaxshi bilishimiz, undan habardor bo'lishimiz, o'z huquqlarimizdan to'la-to'kis va unumli foydalanishimiz g'oyat muhum ahamiyat kasb etadi. Zero, qonunchilik bilan berilgan o'z huquq va majburiyatlarimizni bilmasdan turib ulardan to'g'ri va oqilona foydalana olmaymiz.
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati va kons-titutsiyaviy qonun loyihasining referendum orqali qabul qilinishi haqida quyidagi fikrlarni alohida ta'kidladi: "O'ylaymanki, Konsti-tutsiyaga kiritiladigan barcha tuzatish va qo'shimchalar mamlakatimizning 14 ta hududiy birligidan iborat yagona davlatni, millati va elatidan qat'iy nazar yagona va qudratli O'zbekiston xalqini yanada jipslashtiradi hamda ulug'vor maqsadlar sari safarbar etadi.
Hech qachon unutmaylik, bu jarayondagi ishtirokimiz bilan o'zimiz, oilamiz, farzandlarimiz mana shu muqaddas zaminda yanada erkin va farovon yashashi uchun mustahkam poydevor yaratamiz. Bu yangiliklar aniq qonun va kodekslar, amaliy dasturlar va rejalar bilan hayotimizda albatta o'z aksini topadi. Har bir konstitutsiyaviy norma ijrosini ta'minlash bo'yicha aniq ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy chora-tadbirlar ko'riladi.
Har bir fuqaro kundalik hayotida, o'z haq- huquqlarini amalga oshirishi va himoya qilishda Konstitutsiyamizdan kuch-quvvat olib harakat qilishi, unga tayanishi lozim".
Baxtigul ASROROVA.