“Ona tilim – yuragimning ohangi”

21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari X.Qoraboyeva, S.Obidovalar tomonidan “Ona tilim – yuragimning ohangi” shiori ostida bayramona tadbir tashkil etildi.

   Tadbirda maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Azamatov, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. Ergashevlar so‘zga chiqishib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni O‘zbek tili bayrami bilan tabriklashdi.

  Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar, dilrabo raqslar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 

                                Dilnora Zokirova,

            30-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.