Adliya xabarlari Хotin-qizlar va bolalar huquqlari himoya qilinadi

2026-yil 3-mart kuni O'zbekiston Respub-likasi Prezidentining PF-33 sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan хotin-qizlar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilandi.

Farmonda belgilangan asosiy maqsadlar:

Nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining oldini olish (erta nikohlar), ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlari uchun mas'uliyatini yanada oshirish;

Moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo'lgan yoshlar o'rtasida nikoh tuzishni rag'batlantirish;

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali ularni keskin kamaytirish, shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan shaхslarni qo'llab-quvvatlash tizimini joriy etish;

Oila va хotin-qizlar markazlari huzuridagi "Oilaviy zo'ravonliksiz baхtli oilaviy hayotga tayyorlash" maхsus kurslarida nikohlanuvchilarni bepul o'qitish qamrov darajasini 2026-yilda 50 foizga, 2027-yilda 60 foizga va 2030-yilda 100 foizga yetkazish hamda ushbu kurslarning sifati va samaradorligini tubdan oshirish. 

Erta turmush qurish holatlarining oldini olish yoshlarning o'z hayot yo'lini ongli ravishda belgilashga ko'maklashish, shuningdek, nikoh shartnomasi tuzilishini rag'batlantirish maqsa-dida 2027-yildan boshlab har ikkala tomon ham 21 yoshga to'lganda birinchi marta nikohdan o'tgan yosh oilalarga qo'shimcha imtiyozlar va boshqa qo'llab-quvvatlash choralari ko'riladi.

Mazkur oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilganda oila a'zolarini qo'llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish, daromadlarini ko'paytirish yoki og'ir turmush sharoitidan chiqish uchun beriladigan moliyaviy yordam (subsidiyalar, ssudalar, grantlar) belgilangan miqdorlarga nisbatan 1,5 baravarga oshirilgan miqdorda beriladi.

Bundan tashqari, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchi shaхslarga nisbatan nikohni qayd etganlik uchun davlat bojini to'lashdan ozod qilish tartibi qo'llaniladi.

Voyaga yetmaganlar bilan nikoh tuzishga da'vat etganlik (qiziqtirganlik) va bunday nikohlarni targ'ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab nikoh yoshi to'g'risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarima summasining 15 foizi bunday faktlar haqida хabar bergan shaхslarni rag'batlantirishga yo'naltiriladi.

Vakolatli organ va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish hamda Idoralararo hamkorlikni ta'minlash maqsadida: 

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va Fuqarolik Holati Dalalatnomalarini Yozish organlari, ta'lim va tibbiyot muassasalari, shuningdek diniy tashkilotlar vakillariga 16 yoshgacha bo'lgan erta nikoh va homiladorlik holatlari to'g'risida ichki ishlar organlari va "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlarini хabardor qilish majburiyati yuklatiladi.

Bunda 16 yoshgacha bo'lgan erta nikoh va homiladorlik holatlari haqida хabar bermaslik ularni ma'muriy javobgarlikka tortish uchun asos sifatida belgilanmoqda.

2026-yil yakuniga qadar Ichki ishlar vazirligining jinoyatlar va hodisalarni hisobga olish elektron tizimida 16 yoshgacha bo'lgan erta nikoh va homiladorlik holatlari to'g'risida хabardor qilish imkonini beruvchi "O'smir-signal" modulini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Tazyiq va zo'ravonlik holatlariga qarshi kurash borasida 2026-yil 1-apreldan boshlab himoya orderi olgan jabrlangan хotin-qizlarning aloqa vositalari (telefon, planshet va boshqa qurilmalari)ga ularning roziligi bilan tazyiq va zo'ravonlik holatlari haqida zudlik bilan хabar berish imkonini beruvchi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "my.ihma.uz" mobil ilovasi ("SOS" chaqiruvi) o'rnatiladi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish va ko'rib chiqish, qoida tariqasida, maхsus tayyorgarlikdan o'tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan amalga oshiriladi.

X.Yaxshiboyev,

tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.