XITOY TEXNOLOGIYASI BILAN PAXTA YETISHTIRISH AFZALLIKLARI

Xitoy dunyoda paxta yetishtirish va qayta ishlash bo'yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib, yiliga 6 million tonna atrofida paxta yetishtiriladi. Mamlakatning deyarli barcha paxta yetishtiradigan ishlab chiqaruvchilari Shinjon-Uyg'ur avtonom viloyatida joylashgan bo'lib qariyb 80 foizini tashkil qiladi. Xitoyning paxta bozoriga bo'lgan ta'siri shunchalik kattaki, uning paxta narxlari va ta'minoti global bozor narxlarga katta ta'sir qiladi. Bu mamlakat shuningdek, paxta mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha ham katta salohiyatga ega, bu esa uning tekstil sanoati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Maydoni - 960 million gektar bo'lib, ishlov beriladigan maydoni - 130,04 million gektarni shundan, sug'oriladigan maydoni - 69,3 million gektar. Paxta yetishtirish yiliga - 6,1 million tonna, 87% paxta yetishtiriladigan hudud - Shinjon-Uyg'ur viloyati, yog'ingarchilik miqdori (Shinjon-Uyg'ur) - 165 mm. 

Xitoy paxta ekish usullarining asosiy farqlari

Ekish sxemasi 76-10 qo'sh qator: Bu sxema orqali ekishda, o'simliklar 10 sm oraliqda joylashtirilib, har bir qator oralig'i 76 sm masofa saqlanadi va qo'sh qator qilib joylanadi. Bu sxemada joylashtirilganda o'simliklarga yetarlicha o'sish maydoni ta'minlanib, resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Ko'chat soni 240 000 dona: Bu raqam 76-10 qo'sh qator ekish sxemasi doirasida joylashtiriladigan umumiy ko'chatlar sonini anglatadi. Ko'p miqdordagi ko'chatlar munosib parvarishlanganda yuqori hosildorlikni kafolatlaydi.
Mulchalash - ekish bilan birga amalga oshiriladi: Mulchalash, ya'ni erni polietilen plenka bilan qoplash jarayoni, ekish paytida bajariladi. Bu usul o'simliklarni begona o'tlardan himoya qiladi, tuproq namligini saqlab turadi va tuproqning eroziyaga uchrashini kamaytiradi.
Tomchilatib sug'orish qo'llanilib, suvni to'g'ridan-to'g'ri o'simliklarning ildizlari atrofiga berish orqali amalga oshiriladi. Bu yondashuv suvni tejaydi, o'simliklarning suvga bo'lgan talabini qondiradi va suvning bug'lanib ketishini kamaytiradi.
Iqtisodiy samaradorlik
"Begona o'tlarga qarshi qo'l chopig'i 2 martaga qisqaradi, bu esa gektariga 0,3 mln so'mdan, jami 0,6 mln so'm ni tashkil etadi;
"Yagonalash tadbirlari o'tkazilmaydi, bu esa gektariga 2 marta o'tkazilishi natijasida jami 0,6 mln. so'm ni tashkil etadi;
"Qator orasiga ishlov berish tadbirlari (kultivasiya) 7 martaga qisqaradi, bu esa 50 litr YOMM va ishchi kuchini qisqarishi natijasida 1,0 mln so'm tejalishini ta'minlaydi;
"Sug'orish uchun suv sarfi 50% gacha qisqaradi;
"Chilpish tadbiri o'tkazilmasligi natijasida 0,3 mln so'm iqtisod qilinishi;
"Ko'sak qurtiga qarshi kurash choralari o'rtacha 3 marta kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilganda 0,3 mln so'mdan jami 0,9 mln so'mni tashkil etadi;
"Yetishtirilgan hosilni 1-oktyabrgacha yig'ishtirib olish natijasida 1-navga sotilishiga erishiladi;
Kamida 70 sentner hosil olinib, bu esa qo'shimcha 46 sentner hosil olinib, qo'shimcha 150 sentner tola, 300 sentner chigit olishga erishiladi.
*Pirovard natijada 1 gektardan 50,0 mln so'mgacha qo'shimcha daromad olishga erishiladi. 
*Xulosa: Xitoyning paxta yetishtirish bo'yicha tajribasi va texnologiyalaridan foydalanish orqali resurslar tejalib, hosildorlik oshishi va iqtisodiy daromad ko'payishi kuzatilgan. Bu texnologiyalar suv va energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi, shu bilan birga, hosil sifati va miqdorini oshiradi. Ushbu yondashuvlarning kelajakda mahalliy fermerlar uchun keng qo'llanilishi, yuqori sifatli paxta mahsulotlari yetishtirishni ta'minlaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.  

Husniddin Abdurahmonov,

 Paxta seleksiyasi urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi qishloq xo'jalik ekinlari agrotexnikasi va o'simliklarni himoya qilish laboratoriya mudiri, q.x.f., nomzodi, katta ilmiy xodim.