Oqdaryoda “Yangi Konstitutsiya-xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazildi.

Joriy yilning 10-aprel kuni tumanimizning 3-sektor hududi "O‘zbekiston" mahallasida hamda 4-sektor hududi Avazali mahallasida joylashgan 56-maktabning faolla zalida  " Yangi Konstitutsiya-xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbir tashkil etildi. 

Anjumanda Respublika Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Gavhar Muqaddasova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakili,  texnika fanlari doktori professor Karima Norqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar yushmasi a'zosi, Oqdaryo tuman Oqila ayollar harakati rahbari Oygul Mamatova, tuman nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, xotin-qizlar faollari, lider va tadbirkor ayollar hamda “Buvijonlar maktabi” a'zolari, otinoyilar  ishtirok etdilar. Tadbirlar yuksak siyosiy ruh hamda ko‘tarinki kayfiyatda, vatanparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘tkazildi.

Yangi Konstitutsiya moddalari to‘g‘risidagi savol-javoblarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga yangi chop etilgan kitoblar sovg‘asi taqdim etildi.