Qutlov "TA'LIM IFTIXORI" ESDALIK NISHONI BILAN MUKOFOTLANDI
Odina G'obborova 2015-yildan boshlab tumanimizdagi 47-IDUMda boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Boshlang'ich ta'lim - bilimlar poydevori ekanligini yaxshi bilgan O.G'obborova yosh avlodga bugungi kun talabidan kelib chiqib innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim-tarbiya berishga astoydil harakat qilayotir. Shuningdek, o'z kasbining fidoyisi bo'lgan yosh o'qituvchi ish davomida o'zining iqtidori va salohiyatini yanada oshirish maqsadida turli xil ko'rik-tanlovlarda ham qatnashib kelmoqda. Odina G'obborovaning "Zamonaviy uzluksiz ta'lim sifatini oshirish: intellektual ta'lim-tarbiya, innovatsiya va istiqbollar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida xalqaro "TA'LIM IFTIXORI" Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ko'rik-tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlari kengash tomonidan ko'rib chiqilib, bir ovozdan ma'qullandi.
Yaqinda Samarqand shahrida Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik-tanlov g'oliblariga "Ta'lim iftixori" esdalik nishoni hamda sovg'alari tantanali ravishda taqdim etildi. Tumandoshimiz Odina G'obborova ham Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik-tanlov g'olibi sifatida e'tirof etildi. Fidoyi o'qituvchining kamtarona mehnati davlatimiz tomonidan yuqori baholanib, Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Ta'lim iftixori" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Odina G'obborovani erishilgan ushbu yutuq bilan muborakbod etib, uning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
O'z muxbirimiz.
Мавзуга оид:
"Ta'lim iftixori" esdalik nishoni bilan taqdirlandi
- 10 авг, 14:07
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00




