"Ta'lim iftixori" esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Hammamizga ma'lumki, bugungi kunda davlatimiz tomonidan barcha sohalarda islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, ta'lim tizimi ham tubdan isloh qilindi. Ta'limga e'tibor bu kelajak avlodga e'tibordir. Chunki barcha muvaffa-qiyatlarning sifatli ta'limga bog'liq ekanligi hech kimga sir emas. 
Bugun yurtimizda ilm-fanga e'tibor yuqori cho'qqiga chiqdi. Aziz ilmsevar, ilm fan ahli uchun bir qator ko'rik-tanlovlar o'tkazilmoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik-tanlov ham shular jumlasidandir. 
Tumandoshimiz Asrorova Baxtigul ham  bir necha yillardan beri ta'lim sohasida turli lavozimlarda faoliyat olib bormoqda.
Asrorova Baxtigulning "Zamonaviy uzluksiz ta'lim sifatini oshirish: intelektual ta'lim-tarbiya, innovatsiya va istiqbollar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy  konferensiya doirasida xalqaro "TA'LIM  IFTIXORI" Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ko'rik-tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlari kengash tomonidan ko'rib chiqilib, bir ovozdan ma'qullandi.  
Joriy yilning 6-avgust kuni Samarqand shahrida Kengash raisi N.Hasanov tomonidan Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik-tanlov g'oliblariga "Ta'lim iftixori" esdalik nishoni  hamda esdalik nishon belgisi, maxsus guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma, maqolalar jamlangan to'plam (elekton holatda) hamda sovg'alar tantanali ravishda taqdim etildi.
Asrorova Baxtigul ham Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik-tanlov g'oliblarining biri sifatida e'tirof etildi.
Ko'rik-tanlov g'oliblariga esdalik  nishonlarini  Samarqand viloyati xotin-qizlar bo'yicha hokim o'rinbosari Zebiniso Po'latova va   xonanda Otabek Mutalxo'jayevlar tantanali ravishda topshirdilar.
Asrorova Baxtigulni erishilgan ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib, uning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
O'z muxbirimiz.