G‘ULOM AXMEDOV

Joriy yilning 20-oktabr kuni Oqdaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi zararsizlan- tirish bo‘limi mudiri, taniqli shifokor Axmedov G‘ulom Allamurodovichni bevaqt o‘lim oramizdan olib ketdi.
Axmedov G‘ulom Allamurodovich 1970-yil 20-noyabrda Nurobod tumanida tug‘ilgan. Butun umri davomida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi yo`lida xizmat qilib keldi. G‘ulom Axmedov 1987-1994-yillarda Toshkent Davlat Meditsina institutida o‘qigan. 1994-1995-yillarda Samarqand DSENMda sanitariya vrachi vazifasida internatura o‘tagan. 1995-2015-yillarda markazning kommunal gigiyena bo‘limi mudiri, 2020-2023-yillarda Sanepid qo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasida sanitariya-gigiyena bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan. Axmedov G‘ulom Allamurodovich 2023-yildan Sanepid qo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi zararsizlantirish bo‘linmasida mudir vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Oqdaryo tuman SEO va JS bo‘limi jamoasi Axmedov G‘ulom Allamurodovichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo barcha yaqinlariga go‘zal sabr bersin!

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30