#Oqdaryoda_seminar

Oqdaryo tumanidagi 63-sonli maxsus maktab-internatida „Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda taʼlim muassasalarining oʻrni“  mavzusida viloyatdagi barcha  maxsus maktab-internatlar  ishtirokida amaliy seminar oʻtkazildi.
Seminar ishtirokchilari dastlab  muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, maktab-internat o'quv xonalari IMHYI xonalari yotoqxonasi, tibbiyot xonalari, oshxona, sport zali va kutubxona faoliyati bilan tanishtirilib o'qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkil etildi.
Seminarda viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi   Zebiniso Shodiyeva ishtirok etib tegishli taklif va topshiriqlar berib o'tdi.