Xotin-qizlar diqqatiga: Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun xotin-qizlarni tavsiyanomaga tavsiya etish boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.
Ishchi guruh tomonidan talabgorlarning hujjatlarini xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda joriy yil 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
Ishchi guruh tomonidan Nizomda ko‘rsatilgan mezonlardan birini tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlarni Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi hamda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Zarur hollarda ishchi guruhlar tomonidan oilaning ehtiyojmandligi darajasi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlanadi.
Ishchi guruh tomonidan talabgorlar hujjatlarining Nizomda nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi joriy yilning 10-iyunga qadar ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantiriladi.
Tavsiyanomalar talabgor xotin-qizlarga joriy yilning 14-iyuniga qadar yetkaziladi.
Tavsiyanomalarga tavsiya etilgan xotin-qizlarning tasdiqlangan ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqishda tuman ishchi guruhi tomonidan ochiq, oshkora, adolat va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilishiga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i shaxsan mas’ul va javobgardir.
Мавзуга оид: