CHET EL FUQAROSI BILAN NIKOHNI QONUNIY QAYD ETISH TARTIBI
O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holati to`g`risidagi qonun O`zbekistonda chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga soladi. Oila kodeksiga asosan O`zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet et fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar oilaviy munosabatlarga kirishganda O`zbekiston fuqarolari bilan teng huquqda foydalanishadi va teng majburiyatlarga egadirlar.
O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ya`ni boshqa davlatda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el fuqarosi bilan nikohdan o`tishda yoki umuman FHDYo organi bilan bog`liq bo`lgan harakatlar - tug`ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o`lim kabi fuqarolik holatlarini qayd etish masalasida, o`sha davlatdagi O`zbekiston konsulligiga murojaat qilishlari qonunlarda belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari"ning 89-bandiga asosan O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o`rtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. O`zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs nikohini qayd etishda O`zbekiston Respublikasida bo`lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo`lishi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostel qo`yilgan hujjati (davlat tiliga tarjima qilingan) talab qilinadi.
Manzura Saydullayeva,
tuman FHDYО bo`limi mudirasi
Nikoh tuzish tartibi va shartlari
- 08 сен, 10:17
FHDYО organlari tomonidan nikohni qayd etish tartibi
- 10 авг, 14:03
QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30