Adliya xabarlari MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA MEHNAT DAFTARCHASINI BERISH SHARTMI?

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko'chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi buyruqning ko'chirma nusxasini berishi shart. Ish beruvchi xodimning yozma arizasiga ko'ra unga ish bilan bog'liq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan ko'chirma nusxalarini ham berishi shart.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo'q bo'lganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko'chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi buyruqning ko'chirma nusxasini berish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart.
Xodim tomonidan o'z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to'g'risida murojaat qilgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmay berilishi kerak.
S.ABDULLAYEV,
tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i.

KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15

NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30