Kimlar davlat hisobidan Yuridik yordam oladi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.06.2023-yildagi “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-848-son Qonun imzolandi

Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaхslar davlat hisobidan bepul yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlishmoqda:

1)kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:

fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgar bo’lsalar;

ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;

ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;

jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

2)ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga  psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

       3)o‘z huquqlari buzilgan, хotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaхslar;

4)Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Davlat hisobidan yuridik yordam yuqoridagi jismoniy shaхslarga fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli boʻlgan quyidagilar haqidagi ishlar boʻyicha koʻrsatiladi:

ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash toʻgʻrisidagi;

ishga tiklash haqidagi;

ish haqini undirish toʻgʻrisidagi;

alimentlarni undirish haqidagi;

uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish va koʻchirish toʻgʻrisidagi;

mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi;

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga хilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi.

   Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan shaхslarga davlat hisobidan yuridik yordam ma’muriy qamoq tarzidagi jazo nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda koʻrsatiladi.

   Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaхslarga psiхiatriya yordami koʻrsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:

tashхis qoʻyish, davolash va reabilitatsiya qilish;

tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash;

jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud-psiхiatriya ekspertizasini oʻtkazish vaqtida koʻrsatiladi.

   Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni sudlarda koʻrish chogʻida davlat hisobidan yuridik yordam quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻrsatiladi:

davlat fuqarolik хizmati sohasida;

saylov huquqlarini amalga oshirishda;

iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;

mehnat munosabatlarida;

ijtimoiy himoya sohasida;

oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;

ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda sogʻliqni saqlash sohasida.



    X.Yaxshiboyev.

 tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat 

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti: