DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Sessiyada kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalalar ko'rib chiqildi:
1. Oqdaryo tumanidagi ehtiyojmand oilalarni "Temir daftar"ga kiritish to'g'risida.
2. 2023-yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo'yicha qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun tuman kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig'i stavkalarini tasdiqlash to'g'risida.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 17-yanvardagi 5633-son Farmonining tumandagi ijrosi bo'yicha.
4. Tumanda yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan choralar to'g'risida.
5. 2022-yil davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltirilgan mablag'lar hisoboti to'g'risida.
6. O'zbekiston Res-publikasi Prezidentining "Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash tizimini yanada tako-millashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmonining tumandagi ijrosi bo'yicha.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Samarqand suv ta'minoti" MCHJ Oqdaryo tumani filiali boshlig'i O.Abdullayevning aholini ichimlik va oqova suv bilan ta'minlash darajasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan hisoboti to'g'risida.
8. Tuman Fermerlar Kengashi tomonidan tumandagi fermer xo'jaligi bilan tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomani bekor qilish bo'yicha sudga materiallarni taqdim etish yuzasidan tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi boshlig'ining hisoboti to'g'risida.
Sessiya ishida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
O'z muxbirimiz.
Мавзуга оид: